O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI “PEDAGOGIKA” FAKULTETI “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 213 – guruh talabasi Raximova Shoxinurning “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI
Mavzu: Fuqarolik tarbiyasida sinf rahbarining faoliyati Topshirdi: Raximova Shoxinur Qabul qildi: ____________________________
Mundarija Kirish………………………………………………………………………….…3 I BOB. Fuqarolik tarbiyasi haqida tushuncha Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari…………………………….5-17
O’quvchilarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg’ularini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining asosi ...………………………………………….…18-23
II BOB. Sinf rahbarining o’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini anglatishdagi o’rni 2.1 O’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini singdirish usullari…………….……..2-27
2.2 Sinf rahbari o’quvchilarga fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda tayanch vazifasi sifatida ……………………………………………………………….28-32
Xulosa…………………………………………………………………….…...33-34 Foydalanilgan adabiyotlar……………………...…………………….……..35-37
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqil o’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yo’nalishlarini rivojlantirishda va demokratik, insonparvarlik jamiyatini qurishda xalq ta’limi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, boshlang’ich ta’lim bosqichi ish faoliyatini yuqori darajaga ko’tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kelajagimizning taqdiri hozirgi kunda boshlang’ich ta’lim bosqichi maktablarida ilm olayotgan bolalarning tarbiyasiga bog’liqdir. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, fuqarolik tuyg’usi dastlab oilada, bog’chada keyinchalik boshlang’ich sinflarda bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta’limning poydevori qanchalik mustahkam bo’lsa, o’quvchini fuqarolik tuyg’usiga oid dunyoqarashi shunchalik rivojlanadi. Shuning uchun ham bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi. Zamonaviy boshlang’ich ta’limning o’zi nimadan iborat bo’lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda qanday bilimga ega bo’lishi lozim? Uning tarbiyasi qanday bo’lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur. O’zbekiston mustaqilligi tufayli boshlang’ich ta’lim mazmuni tubdan o’zgardi. Milliy va ma’naviy qadriyatar asosida yangi dasturlar, darsliklar, o’quv metodik tavsiyalar, ilmiy-metodik qo’llanmalar yaratildi. Mustaqil respublikamizda boshlang’ich sinf o’quvchilarni yangi talab asosida o’qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Boshlang’ich sinflar bo’yicha davlat ta’lim standarti, boshlang’ich ta’lim kontseptsiyasi yaratildi.