4.Uyushuq bo’laklarda umumlashtiruvchi so’z
Uyushuq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklarni umumlashtiradi. Jamlaydi.
Umumlashtiruvchi so’z vazifasida ko’pincha belgilash olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari va jamlovchi otlar qo’llanadi.
Umumlashtiruvchi so’z uyushuq bo’laklar uchun berilgan so’roqqa javob bo’ladi va uyushuq bo’laklar bilan bir xil sintaktik vazifa bajaradi.
Masalan: Hamma narsa: uylar, devorlar, daraxtlar, qorong’ulikka jimgina cho’kdi. (O.)
Osmonda, daraxtlarda, toshlarda, bo’g’otlarda – hamma erda chumchuqlar chirqillashadi. (M.Ismoiliy.)
Umumlashtiruvchi so’z ba’zan birikma holida qo’llanishi ham mumkin.
Masalan: Olma, o’rik, shaftoli, qovun, tarvuz, xandalak, bordring – bularning hammasi yozning ziynatidir.
Dostları ilə paylaş: |