C) Eh, bugun toqqa ketamiz! D) Xotin yaktakni olib yoniga qo‘ydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi.
2. Yordamchi so‘zlarni toping.
A) Asablarning sog‘lom bo‘lishi uchun badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim. B) O, qanday chin baxtga to‘lg‘in bu onlar! C) Munofiqlik va soxtalik do‘stlik uchun yotdir. D) A,C.
3. Aziz ham bu savolni kutmaganligi uchun hatto ancha vaqtga qadar javob berolmay qolgan edi.Ushbu gapda mustaqil lug‘aviy ma’no anglatmaydigan nechta so‘z bor?
A) 4 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 5 ta
4. Ko‘makchilar qaysi kelishiklar qo‘shimchalariga sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin?
A) qaratqich va jo‘nalish B) jo‘nalish va o‘rin-payt
C) o‘rin-payt va chiqish D) chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt