Shaxsi aniq gap. Kеsimi harakatni bajaruvchi shaxs-egani aniq ko’rsatib turadigan bir bosh bo’lakli gap shaxsi aniq gap dеyiladi.
Atov gap. Prеdmеt, voqеa-hodisaning mavjudligi to’g’risidagi hukmni bildiruvchi bir bosh bo’lakli gap atov gap dеyiladi. Masalan: O’rtada katta stol. Stolning ustida guldor choynak. Bahor. Hamma yoq ko’m-ko’k libosga burkangan.
I L O V A L A R
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi shakllar tavsiya qilinadi:
- dasturda tavsiya qilingan darslik va qo‘llanmalardan foydalangan holda ona tili va adabiyot fanining bo‘limlarini o‘rganish;
- o‘zlari mustaqil izlab topgan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda ona tili va adabiyot fanining bo‘limlarini o‘rganish;
- badiiy adabiyotlardan ona tili bo‘yicha muayyan mavzularga doir misollar ko‘chirish;
- chuqur o‘rganilishi talab qilinadigan mavzular yuzasidan jadvallar va slaydlar tayyorlash;
- muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil tarzda test topshiriqlarini tayyorlash ;
- muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil tarzda lug‘atlar tuzish ;
Boshlang`ich ta`limi va sport tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi III kurs (maxsus sirtqi) talabalari uchun “Ona tili va adabiyot” fani bo’yicha talabalar mustaqil ta`limining mazmuni va hajmi
Dostları ilə paylaş: |