Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə341/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

2-variant

  1. Otli birikmalarni aniqlang. A) katta uy, zavodda ishlamoq, vazifani bajarish. B) asalday shirin, hammadan tez, katta bo'lmoq C) o'qishda birinchi, tinglovchilarning barchasi, keng uy. D) mashinada tortish, radiodan eshitmoq, futbol o'ynab

  2. Sodda so'z birikmalari berilmagan javobni toping. A) tandir-tandir non-u kulchalar, bag'ri keng onalar B) yolg'iz yo'l, qishki imtihon C) tinib-tinchimas yoshlar, qiz-juvonlar bilan suhbat o'tkazmoq D) kitobi ko'p kutubxona, maydoni keng hovli, sochi uzun qiz

  3. Keltirilgan misollarninng qaysi biri teng bog'lanishli birikma? A) oppoq paxtazor B) talabalar o'qimoqdalar C) jamoa xo'jaligi a'zolari va hasharchilar D) Karimning kitobi

  4. Qaysi javobda otli birikma bor? A) chiroyli yozmoq B) yaxshi kayfiyat C) kitobni o'qib D) hikoyani bayon qilmoq

  5. Ergash so'zlar ko'chma ma'noda qo'llangan qatorni aniqlang? A) keng ko'cha, chiroyli uy, achchiq sovuq B) kumush qoshiq, temir intizom, tilla soat C) kumush qish, qora sovuq, tilla bola D) tikansiz gul, qo'li gul, gul o'tqazdik

  6. Grammatik vosita orqali bog'langan birikmani toping. A) serhosil dala B) ma'noli so'z C) katta daryo D) ertak haqida so'zlamoq.

  7. So'z qo'shilmasidagi so'zlarning bir-biri bilan bog'lanishi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? A) boshqaruv, moslashuv, bitishuv B) otli birikma va fe'lli birikma C) tobe bog'lanish va ergash bog'lanish D) teng bog'lanish va tobe bog'lanish

  8. Ergash so'z bilan bosh so'zning ko'makchi yordamida birikishi qaysi qatorda? A) fabrikada ishlamoq B) do'stlar bilan kengashmoq C) shuning uchun keldi D) ukam bilan akam

  9. Bosh so'z olmosh bilan ifodalangan otli birikmani toping. A) hammadan kuchli B) farovon hayot C) kitob o'qimoq D) Nargizaning o'zi

  10. Bosh so'z sifatdosh bilan ifodalangan so'z birikmasini aniqlang. A) vazifani bajarib B) kelajakka umid C) birga o'qigan D) muzeyga bormoq

  11. Qaysi qatorda bosh so'z sifat bilan ifodalangan? A) shunday o'lka B) halol ishlatnoq C) a'lochilardan bittasi D) voqeadan xabardor.

  12. . Ravishdosh bosh so'z bo'lib kelgan qatorni belgilang. A) shivir-shivir gap B) po'latdan mustahkam C) kelajakni o'ylagan D) oz-ozdan o'rganib

  13. Tobe bog'lanishli so'z qo'shilmasini toping. A) yosh-u qari B) Markaziy Osiyo C) mehnatda fidokor D) shaftoli va o'riklar

  14. Qanday so'z birikmalarida ergash so'z bosh so'zga grammatik vositalarsiz bog'lanadi? A) boshqaruvda B) moslashuvda C) bitishuvda D) boshqaruv va bitishuvda

  15. Quyidagi grammatik vositalarning qaysi biri so'z birikmasi doirasida qo'llanadi? 1) bog'lovchilar; 2) kelishik qo'shimchalari; 3) egalik qo'shimchalari: 4) shaxs-son qo'shimchalari; 5) yuklamalar; 6) ko'makchilar. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 3, 4

  16. So'z birikmasi hosil bo'lgach, birikma tarkibidagi so'zlarga xos bo'lgan qaysi xususiyat yo'qoladi? A) leksik ma'no B) ko'p ma'nolilik C) omonimlik D) B, C.

  17. Ushbu gapdagi murakkab so'z birikmasini aniqlang. Bir ozdan keyin eshik ochildi-yu, qisqa yengli guldor shifon ko'ylak kiyib olgan Shoira kirib keldi. A) bir ozdan keyin kirib keldi B) Shoira kirib keldi C) shifon ko'ylak D) qisqa yengli guldor shifon ko'ylak.

  18. So'z qo'shilmasidagi teng bog'lanishni aniqlang. A) baland uy B) C va D C) shahar va qishloq D) olma-yu o'rik

  19. So'z birikmasini aniqlang. A) shifoli suv B) savlat to'kib C) qo'l urmoq D) o'qimoq va ishlamoq

  20. So'z birikmalari tarkibida so'zlarni bir-biriga bog'lashga xizmat qiluvchi birliklarni aniqlang. A) aloqa-munosabat shakllari, ko'makchilar, bog'lovchilar B) aloqa-munosabat shakllari, ko'makchilar C) faqat ko'makchilar D) ko'makchilar, bog'lovchilar va yuklamalar

  21. Birikma tarkibidagi tobe so'z turlangan javobni toping. A) g'alabaga intilish B) birdaniga yopirilmoq C) yoppasiga ommalashmoq D) yolg'ondan gapirmoq

  22. Berilgan qaysi so'z juftligidan so'z birikmasi va gap hosil qilish mumkin? 1.berilgan, topshiriq; 2.vazifa, bajarmoq; 3.qiziqarli, mashg'ulot; 4.o'qishli, asar; 5.samarali, ishlamoq. A) 1, 2, 5 B) 1, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 4, 5

  23. Qaysi qatordagi birikma tarkibidagi ergash so'z turlanmagan? A) unga bildirmoq B) ukasiga bermoq C) chiroylisini tanlamoq D) uzunasiga to'shamoq

  24. So'z birikmasini hosil qilishda quyidagi birikuvlarning qaysi birida kelishik va ko'makchilardan foydalaniladi? A) ot+ot B) ot+fe'1 C) sifat+ot D) fel+fel

  25. Qaysi qatordagi birikma tarkibidagi ergash so'z turlanmagan? A) yoppasiga ommalashmoq B) unga bildirmoq C) ukasiga bermoq D) chiroylisini tanlamoq

  26. So'z birikmasi haqida quyida keltirilgan fikrlarning qaysi biri to'g'ri? 1) Tobe so'z, odatda, hokim so'zdan oldin keladi. 2) hokim so'z odatda, tobe so'zdan oldin keladi. 3) hokim so'z tobe so'z orqali beriladigan so'roqqa javob bo'ladi 4) Tobe so'z hokim so'z orqali beriladigan so'roqqa javob bo'ladi, A) 1, 4 B) 1, 3 C) 1, 2 D) 2, 4

  27. Tobe bog'lanish necha qismdan iborat bo'ladi? A) ikki yoki uch qismdan B) Tobe bog'lanishdan hosil bo'lgan birikmalar qismlarga ajralmaydi. C) doim ikki qismdan D) bir yoki bir necha qismlardan

  28. Bosh (hokim) so'z ot bilan ifodalangan so'z birikmalarini toping. A) Navro'z bayrami, o'rik hidi, qattiq aziyat B) bahoriy kayfiyat, oydan ham gozal, yosh ijodkorlar C) ishga shoshilmoq, bayram fayzi, yurakdan o'qimoq D) kamalakdek egik, anketa so'rovi, tarixiy shaxs

  29. Sevaraxon choyni keltirib, dasturxon yozgach, shirinliklarni olish uchun jovon oldiga bordi. Ushbu gapdagi kengaygan birikmalar miqdorini aniqlang. A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta

  30. Uyushiq so'z birikmalari hamda kelishik qo'shimchalari qo'llangan so'zlar bilan ifodalangan gapni belgilang. A) qirdagi va tog' etaklaridagi lolalar kishiga huzur bag'ishlaydi B) Stol ustida va javonda kitoblar tartibsiz yotardi. C) O'quvchilar olmalarni va o'riklarni terdilar D) Bolalar sport maydonida va maktab hovlisida to'plandilar



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin