3-variant Qaysi xususiyat teng bog'lanishga xos emas? A) So'zlar bir-biri bilan teng bog'lovchilar vositasida bog'lanishi mumkin B) Teng bog'lanish natijasida birikmalar emas, so'z qo'shilmalari hosil bo'ladi C) Teng bog'lanishda so'z qo'shilmasidagi bir so'z boshqasiga tobe bo'lmaydi D) So'zlar bir-biri bilan ko'makchilar vositasida bog'lanishi mumkin.
Teatrimizning ijodiy kuchlari birikmasidagi tobe so'z hokim so'zga qanday vosita yordamida bog'langan? A) egalik qo'shimchasi yordamida B) qaratqich kelishigi qo'shimchasi va ohang yordamida C) ohang yordamida D) qaratqich kelishigi qo'shimchasi yordamida
Fe'lli birikma qaysi qatorda? A) C va D B) ishtahasini bo'g'moq C) ertakni tinglab D) suv bilan yuvmoq
Otli birikmani aniqlang. A) mayda qirqilmoq B) anorning ikkitasi C) adabini yemoq D) A, B
1) charm etik; 2) etik charm kabi sintaktik qo'shilmalardagi o'zaro farq qaysi qatorda ko'rsatilgan? A) har ikkalasi ham so'z birikmasi, lekin ifodalagan ma'nosi har xil B) har ikkalasi ham so'z birikmasi, ma'nosida farq yo'q, faqat birinchisida etik, ikkinchisida charm so'zi hokim so'z C) birinchisi gap, ikkinchisi so'z birikmasi D) birinchisi so'z birikmasi, ikkinchisi gap
Quyidagi birliklarning qaysi biridan nutqda har gal tayyor material sifatida foydalanmaymiz? 1) so'z: 2) qo'shma so'z: 3) so'z birikmasi; 4) ibora (frazeologik birlik) A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 3, 4 D) 3
Sodda so'z birikmasi berilgan qatorni aniqlang. A) katta tekis yo'l B) keksa tajribali o'qituvchi C) kino haqida gapirmoq D) katta yog'och qoshiq
Osmonda yulduzlar chamani porlaydi. Ushbu gapdagi so'zlar o'zaro qaysi qo'shimchalar orqali sintaktik bog'langan? A) -da, -i B) -da -i, -di C) -da, -lar, -i, -di D) -a, -lar, -i, -y, -di
Bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi birliklar yordamida bog'lanmagan birikuvlarni toping. A) Oygul bilan Baxtiyor, gul va adir B) Bobom hamda buvim, keldi-yu, gapirmadi C) dala tomon ketdi, akasi uchun oldi D) A, C.
Ot turkumiga xos bo'lgan qaysi grammatik qo'shimchalar sintaktik birlik(so'z birikmasi yoki gap) hosil qilishda ishtirok etadi? A) kelishik va ko'plik qo'shimchalari B) kelishik, egalik va ko'plik qo'shimchalari C) kelishik va egalik qo'shimchalari D) ot yasovchi qo'shimchalari
Quyidagi so'zlardan qaysilari bir-biriga tobe bog'lanishi mumkin? 1. Tol, terak. 2. Hikoya, o'qimoq. 3.Telefon, gapirmoq. 4. Katta oshqovoq. 5.Uy, eshik. 6. O'rik, g'alla. A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6 C ) 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5
So'z qo'shilmasidagi so'zlarning teng bog'lanishi qaysi qatorda berilgan? A) nafis tuyg'u, xalq tabobati B) sabzi bilan piyoz, go'zallik va poklik C) xom meva, yaxshi o'smoq D) birga pishirmoq, yoqqa qovurmoq
Tobe bog'lanish qaysi javobda aks etgan? A) O'rta sharq, Markaziy Osiyo B) olma-yu o'rik, taxir va achchiq C) nordon anor, barglarni qaynatib D) goh sayramoq, goh tinmoq
Otli birikmani aniqlang. A) barkamollikka erishgan, qonib ichdi B) kitob haqida suhbatlashib, oynadek yarqirab C) sizni maqtab, o'zi uchun olgan D) kelganlarning har biri, stulning ikkitasi
Qaysi javobda so'z birikmasi berilmagan? A) sekin chertmoq, burchga sodiqlik B) Dalalar ko'm-ko'k. Yerimiz unumli, C) yorug' xona, qunt bilan o'qimoq D) harchasida so'z birikmasi berilgan
So'zlarning o'zaro teng bog'lanishi qaysi qatorda berilgan? A) muhtasham shaharcha B) kitobdan foydalanish C) quyosh va oy D) sekin-sekin yurmoq
Qaysi qatorda so'z birikmasi berilmagan? A) shafaq qip-qizil B) uning qiyofasi C) mehribon qo'llar D) barchasida so'z birikmasi berilgan
Qaysi qatordagi so'z birikmasida bosh(hokim) so'z fe'lning ravishdosh shakli bilan ifodalangan? A) to'rtinchi fasl B) kuyni tinglamoq C) meni o'ylagan D) maydonni qurshab
Otli birikma qo'llangan qatorni aniqlang. A) havo bulut B) shaxsiy ibrat C) mahkam ushlab D) B, C
Bosh (hokim) so'z fe'lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan so'z birikmasini toping. A) yerni zirillatib B) olomonning ovozasi C) ifodali o'qigan (bola) D) tashqarida yura-yura
So'z birikmalaridagi qaysi qo'shimchalar so'zlarning tobeligini ko'rsatuvchi vosita hisoblanadi? A) shaxs-son qo'shimchalari B) egalik qo'shimchalari C) kelishik qo'shimchalari D) so'z yasovchi va shakl yasovchi qo'shimchalar
Otli so'z birikmasini toping. A) og'zi qulog'ida B) havo rang C) vazifani bajargan D) o'quvchilarning har qaysisi.
Bosh so'z ravishdosh bilan ifodalangan fe'lli birikmani toping. A) gulni sevmoq B) senga ko'p C) hurmat bilan yondashgan D) kelajakni o'ylab
Bosh so'z sifatdosh shakli bilan ifodalangan so'z birikmasini toping. A) o'qigan bola B) mehnatda sinalgan C) guldan nozik D) oldinga yurib.
Teng bog'lanishli so'z qo'shilmasi qaysi qatorda berilgan? A) chiroyli manzara B) shoirlar bilan uchrashmoq C) go'zallik va yaxshilik D) vahimadan qutulish
So'z qo'shilmasidagi so'zlarning tobe bog'lanishini toping. A) yoritadi, ammo isitmaydi B) dam qizarib, dam oqardi C) taklif, mulohazalar D) jo'shib gapirmoq
So'z birikmasini vujudga keltiruvchi grammatik vositalar qaysi javobda noto'g'ri ko'rsatilgan? A) tobelik aloqasi, egalik va kelishik qo'shimchalari orqali B) tenglanish aloqasi orqali C) ko'makchilar ko'makchi xarakteridagi yordamchi so'zlar orqali D) so'z tartibi va ohang orqali
Qaysi qatorda berilgan so'z birikmalarini gapga aylantirish mumkin? A) barcha odamlar, doim yashamoq B) qattiq sovuq, shirin qovun, chiroyli gul C) kutib gapirmoq, sekin yurmoq D) og'ir xo'rsinmoq, yog'och karavot
Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo'l qo'ydi. Rahimjon ma'yus holda so'ri suyanchig'iga qo'l qo'ydi. Ushbu gaplardagi "qo'l qo'ymoq" birligi haqidagi qaysi hukm to'g'ri? A) Birinchi gapda qo'shma so'z, ikkinchi gapda so'z birikmasi. B) Birinchi gapda so'z birikmasi, ikkinchi gapda qo'shma so'z. C) Har ikkala gapda ham qo'shma so'z. D) Har ikkala gapda ham so'z birikmasi.
So'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatni toping. A) Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi. B) Tabiatning sokin va lekin benihoya go'zal maskaniga turli tomonlardan so'qmoqlar ochiladi. (S.Ahm.) C) Biz hamma bo'rilarni, hamma qonxo'rlarni, zolimlarni yanchib tashlaymiz! D) U shaharning serqatnov ko'chalariga, gavjumroq joylariga shoshildi. (As.M.)