"QUTLUG' QON" ROMANI TO'G'RISIDA Oybek — yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko'plab qissalari o'zbek nasri rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakillari ruhiyatini aks etti-rish jihatidan o'ziga xos o'rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida "Qutlug' qon" romani alohida badiiy qimmati bilan ajralib turadi. Adib bu asarni yozishga qatag'on avj olgan mash'um 1937-yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qamalganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar "xalq dushmani" deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda — uy-quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalar-ni qo'rg'onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavot-ni bog'ning chetiga ko'chirdik. (Go'yo bizni bog'dan topisholmay-diganday)...
Oybek... butun yoz ichi bog'dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham и o'ta tahlikali va fojiali кип larda, g'urbat yutib kechirilgan hayotda "Qutlug' qon"day go'zal va o'lmas bir asarni yaratdi". Tahlikali vaziyatda bo'lishiga qaramay, roman ilhom og'ushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov keyinchalik: "Oybek shu qadar qizg'in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishi-ni tasvirlagan, badiiy jihatdan yuksak asar "Qutlug' qon"ni yozib bitirdi", — deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zo'rlikni ko'rmaslik, undan o'zini chalg'itish uchun butun e'tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yo'g'i bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sin-chiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan chuqur xabardor, atrofida ro'y berayotgan hodisalardan kuchli ta'sirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga mhan tayyor edi.
Yozuvchi qo'lyozma ustida jiddiy ishlab, 1939- yilda asarni yozuvchilar uyushmasida muhokama qildirdi. Muhokama chog'ida ayrim kishilar adibni asarga inqilobchi kuchlarni, rus proletariati vakillarini kiritmaganlikda aybladilar. So'ng yozuvchi romanda shu jihatni kuchaytirishga, unga revolyutsioner Petrov timsolini kiritishga majbur bo'ldi.
Roman asosida 1916- yilda Toshkentda bo'lib o'tgan qo'zg'olon yotadi. O'sha vaqtda o'n bir yoshli o'smir bo'lgan Oybek bu voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan. Bo'lajak yozuvchi u paytda ko'rganlarining asl mohiyatini anglamagan bo'lsa-da, milliy ozodlik yo'lidagi qo'zg'olon o'smirning ta'sirchan ko'nglidan chuqur o'rin olgandi.
Nazardan qochirmaslik kerakki, Oybek uchun qo'zg'olon va uning sabablarini ko'rsatish asosiy maqsad emasdi. Qo'zg'olon to'g'risida birorta ilmiy-tarixiy yo'nalishda maqola yozishi ham mumkin edi. Adib bu davr kishilari ruhiyatini, ularning ko'nglidagi ezgulik va yomonlikka munosabatni, yangilanib borayotgan davr va unda yashashi lozim bo'lgan odamlar tabiati o'rtasidagi muvofiqlik va zidlikni aks ettirmoqchi edi. Shuning uchun ham asar markazida qo'zg'olon emas, balki Yo'lchi, Gulnor, Shokir ota, Mirzakarimboy, Yormat, Tantiboyvachcha singari kishilar taqdiri turadi.
Romanning bosh qahramoni Yo'lchi — mard, halol, oqko'ngil, olijanob yigit. Ma'lumki, inson o'zi qanday bo'lsa, o'zgalar haqida ham shunday o'ylaydi. Shuning uchun ham Yo'lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o'ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan to’laydi.
Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo'rqmasligi, ishning ko'zini bilishi tasvirlangan o'rinlardan payqab olasiz. Yo'lchi kunda kav-lash, beda o'rish singari kuch talab etiladigan og'ir ishdan ham, mehmonlarga xizmat qilishday yumushlardan ham og'rinmaydi.
Oybek asl inson qanday tabaqadan chiqqan bo'lishiga qaramay, uni yengib bo'lmasligini aks ettiradi. Shuning uchun ham na Mirzakarimboy, na Tantiboyvachcha, na o'ris to'ralar Yo'lchini o'zi to'g'ri deb bilgan yo'ldan qaytara oladi. Chunki yigit puli, mavqeyi, mansab-u martabasi bo'lmasa ham o'zini ulardan past hisoblamaydi. Ular ko'rsatgan noto'g'ri yo'ldan yurishni esa, pastkashlik sanaydi.
Yo'lchining zulmga, zo'rlikka qarshi qo'zg'algan xalqqa qo'shilishi ham, bu to'daning yetakchisiga aylanib qolishi ham uning tabiatidagi kurashchanlik va adolatga tashnalik tuyg'usidan. Muhimi shundaki, adolatga intilgan odam kuchli bo'ladi. Hazrati Temurning: "Kuch — adolatda", — degan hikmati bejiz emas. Chunki adolat yo'lini tutgan odam Haq o'zi tomonda ekanini biladi, haq hamisha adolatning qaror topishiga yordam qilishiga ishonadi. To'g'ri, Yo'lchi maqsadiga erisholmadi, u bosh qo'shgan kurash g'alaba bilan tugamadi. Chunki zulmni, adolatsizlikni, yovuzlikni yengish hech qachon oson bo'lmagan. Lekin Yo'lchi haq yo'ldan qaytmagani, vijdoniga, imoniga xiyonat qilmagani, ezgulikka ishonib, uni qaror toptirishga intilib yashagani bilan tirikdir.