Biologik faol kompleks birikmalar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#118597
  1   2   3   4   5   6   7
Biologik faol kompleks birikmalar Xalillayev M.I.



BIOLOGIK FAOL KOMPLEKS BIRIKMALAR 

Reja: 
 
1. 
Koordinatsion birikmalarni olish.
 
2. Verner nazariyasi. 
3. Koordinatsion birikma xillari. 
4. Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar. 
 
 
 


Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, 
barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo‘linadi : bularning biri atomli (yoki 
sodda) birikmalar va ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. 
Keyinroq birinchi xil birikmalar birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa 
yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl
2
, BF
3
, NH
3
, FeCl
3
kabi moddalar 
birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi ; ularning hosil bo‘lishi valentlik 
qoidasiga bo‘ysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa 
sodda birikma bilan o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, mis xlorid 
eritmasiga ammiak ta’sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma 
hosil bo‘ladi : 
CuCl
2
+ 4NH
3
→ CuCl
2
· 4NH
3
Vaqt о‘tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni kyib bordi. 
Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks 
(koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Tasser 1798 yilda birinchi bо‘lib kompleks 
birikma (CoCl
3
· 6NH
3
) ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni о‘rganish shuni 
kо‘rsatdiki, kompleks hosil bо‘lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, 
balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо‘pchilik elementlariga xos bо‘lgan 
hodisadir. 
Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni 
markaziy ion yoki atomga ega bо‘lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni 
ligandlar qurshab turadi.  
Hozirgacha koordinatsion birikmalarga aniq ta’rif berilmagan. Akademik 
Y.N.Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta’rifni berdi : «Kompleks birikma 
deganda kristall holatda bо‘lmasin, eritmada bо‘lmasin, tarkibida ligandlar bilan 
qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak». 
Ligand markaziy atom atrofida bitta yoki bir necha о‘rin egallashi 
mumkin. Masalan : Cl‾, Br‾, I‾, CO, H
2
O, NH
3
kabi ligandlarning har biri bittadan 
о‘rin oladi. Ular m o n o d ye n t a t l i g a n d l a r deyiladi. Oksalat ion C
2
O
2-
4
ning 


har biri ikkita о‘rin oladi, shuningdek etilendiamin — H
2
N ― CH
2
― CH
2
― NH
2
(En) ham ikkita о‘rin oladi. Bular b i d ye n t a t l i g a n d l a r deyiladi.
Dietilentriamin u ch d ye n t a t l i l i g a n d
hisoblanadi. 
Tо‘rt dentatli ligand uchun β, β׳, β״ — triaminotrietilamin
(tren) — 
tarkibli moddani kо‘rsatish mumkin. Polidentat ligandlar tarkibida ikkitadan ortiq 
donor atom bо‘ladi. Etilendiamintetraatsetat kislota (EDTAK) 
ye k s a d ye n t a t l i l i g a n d hisoblanadi. 
Kompleks birikma hatto eritmalarda ham mustaqilligini saqlab qolishga 
intiladi, ionlarga ham dissotsilanadi. Markaziy ionining musbat zaryadi uni qurshab 
turgan ligandlar manfiy zaryadlari yig‘indisidan ortiq bо‘lsa, bunday kompleks — k a t 
i o n k o m p l ye k s , markaziy ionning zaryadi uni qurshab turgan ligandlar
zaryadlarining yig‘indisidan kichik bо‘lsa, a n i o n k o m p l ye k s , markaziy 
ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig‘indisi orasidagi ayirma nolga teng 
bо‘lsa, n ye y t r a l k o m p l ye k s deb ataladi.
Kompleks birikmalar t a b i a t d a k о‘ p t a r q a l g a n . Masalan, 
о‘simliklarning yashil qismida bо‘ladigan va fotosintezni amalga oshiradigan modda 
— x l o r o f i l l magniyning koordinatsion birikmasidir, tirik hujayralarni kislorod 
bilan ta’minlab turuvchi modda — qon g ye m o g l o b i n i temirning koordinatsion 
birikmasidir. Juda kо‘p minerallar, alyumosilikatlar koordinatsion birikmalardan 
iborat. 
Koordinatsion birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, 
oksidlanish – qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. 
Hosil qilingan koordinatsion birikmani reaksion aralashmadan ajratib 
olish ham katta ahamiyatga ega. Buning uchun : 1) erituvchini bug‘latib 


konsentrlangan reaksion aralashma hosil qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan 
sovutib yoki unga shu moddaning kichik kristallarini tashlab, koordinatsion 
birikmanikristallga о‘tkazishdan ; 2) reaksion aralashmaga koordinatsion birikmani 
eritmaydigan, lekin koordinatsion birikmaning hosil bо‘lishida ishtirok etgan erituvchi 
bilan yaxshi aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz – oz qо‘sha borib 
chо‘ktirishdan ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Ba’zi kompleks birikma juda tez 
hosil bо‘ladi. Masalan, CuSO
4
eritmasiga NH
4
OH eritmasi qо‘shilishi bilanoq tо‘q 
kо‘k tusli kompleks [Cu (NH
3
)
4
] SO
4
hosil bо‘ladi. Reaksion aralashmaga etil spirt 
qushib, bu koordinatsion birikmani kristall holida ajratib olish mumkin. Bu birikmada 
Cu
2+
markaziy ion, NH
3
molekulalari esa liganddir. Lekin ba’zan koordinatsion 
birikma hosil qilish uchun tajribani uzoq vaqt ma’lum sharoitda olib borishga tо‘g‘ri 
keladi. Ba’zan, bir koordinatsion birikma hosil qilish uchun avval shu elementning 
boshqa koordinatsion birikmasini olib, sо‘ngra u bilan tegishli reaksiyalarni о‘tkazish 
natijasida mо‘ljallangan birikma hosil qilinadi. Masalan, K
3
[Rh (C
2
O
4
)

] tarkibli 
koordinatsion birikma olish uchun K
2
[RnCl
6
] ning suvdagi eritmasini K
2
C
2
O

eritmasi bilan 100
0
S da 2 soat qizdirishga tо‘g‘ri keladi. 


Hozirgi metallar koordinatsion birikmasini tayyorlash uchun s u v s i z
e r i t m a l a r kо‘p ishlatilmoqda. Masalan, CrCl
3
ning suvdagi eritmasiga 
etilendiamin NH
2
— CH
2
— CH
2
— NH
2
qо‘shib CrCl
3
· 3En tarkibli koordinatsion 
birikmani hosil qilib bо‘lmaydi, lekin efirdagi eritmada bu kompleksni hosil qilib 
kristall holida ajratib olish mumkin. 
Ba’zan erituvchilar aralashmasidan foydalanish yaxshi natija beradi. 
Masalan, dipiridilning spirtdagi eritmasini FeCl
2
ning suvdagi eritmasiga 
qо‘shganimizda [FeDip
3
] Cl
2
tarkibli kompleks birikma hosil bо‘ladi. 
Kompleks birikmalar о‘ziga xos suyuqlanish va qaynash temperaturasiga, 
hamda ma’lum erituvchilarda erish xususiyatiga egaligi, masalan, suvda eruvchanligi 
bilan oddiy moddalardan ajralib turadi. 
Bular ichida tadqiqotchilar e’tiborini о‘ziga jalb etadiganlari qatoriga 
koordinatsion birikmalarning rangi, elektr о‘tkazuvchanligi, oksidlanish – qaytarilish 
xossalari, rang – barangligi, magnit va boshqa xossalari kiradi. 
Kompleks hosil qiluvchi sistema rangining о‘zgarishini tekshirish orqali 
kо‘pincha birikma tarkibini va uning barqaror yoki beqaror ekanligini aniqlash 
mumkin. Komplekslarning infraqizil nur yutishini о‘rganish orqali birikma tarkibidagi 
atomlararo bog‘lanish xarakterini bilib olish mumkin. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin