Biologik faol kompleks birikmalar


Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.05.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#118597
1   2   3   4   5   6   7
Biologik faol kompleks birikmalar Xalillayev M.I.

Koordinatsion birikma hosil qiluvchilar va ligandlar. 
 
 
U yoki bu elementning koordinatsion birikma hosil qilish qobilyati о‘sha 
element atomining sirtqi elektron qavati tuzilishiga va uning davriy sistemadagi 
о‘rniga bog‘liq bо‘lib, koordinatsion birikma hosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi 
qavatda yetarli darajada bо‘sh orbitallari bо‘lgan metall ionlar kiradi. Koordinatsion 
birikma hosil qiluvchi zarracha elektron juftining akseptori vazifasini bajaradi
Agar markaziy atom kimyoviy bog‘lanishda о‘zining bо‘sh s- orbitallari bilan ishtirok 
etsa, bu holda faqat σ (sigma) – bog‘lanish, agar bо‘sh r – orbitallar ham qatnashsa, σ- 
va π- bog‘lanishlar yuzaga keladi (u r-, d- yoki f – orbitallari bilan ishtirok etganida 
ham σ- va π- bog‘lanishlar kelib chiqadi). 
Koordinatsion birikma xillari. 
Biz koordinatsion birikmalarni kation, anion va neytral koordinatsion 
birikmalar deb uch sinfga bо‘lgan edik. Lekin Verner nazariyasi yaratilgan davrda 
barcha koordinatsion birikmalarni ularning hosil bо‘lish sxemasiga qarab quyidagi
ikkita katta sinfga bо‘lingan : a) biriktirib olish mahsulotlari, b) singdirilish 
mahsulotlari. Masalan, agar BF3 ga HF qо‘shilsa, biriktirib olish mahsuloti hosil 
bо‘ladi : 
BF
3
+ HF → H [BF
4



Bu reaksiyada F
-
ioni ichki qavatda qoladi. Singdirilish mahsulotlari : mis 
xloridga ammiak qо‘shilganida mis bilan ikkita xlor orasiga 4NH
3
gо‘yo «pona» 
bо‘lib joylashadi : 
CuCl
2
+ 4NH
3
→ [Cu(NH)
3
] Cl
2
Reaksiya natijasida xlor ionlari mis ionidan uzoqlashib, koordinatsion 
birikmaning sirtqi sferasiga о‘tadi. 
Ba’zi koordinatsion birikmalar borki, ularni ham biriktirish, ham 
singdirilish mahsulotlari jumlasiga kiritish mumkin. Hozirgi vaqtda koordinatsion 
birikma tarkibidagi ligandlarning xillariga qarab barcha koordinatsion birikmalar 
quyidagi sinflarga ajratiladi : 
1. Aminat va ammiakatlar. Bular о‘zining ichki sferasida ammiak yoki
boshqa organik aminlar bо‘lgan koordinatsion birikmalardir. Bu birikmalarda 
markaziy atom bilan ligandlar azot atomlari orqali bog‘langan bо‘ladi. Ammiak 
molekulasining har biri bittadan koordinatsion о‘rinni egallaydi. Shuning uchun ichki 
sferada bо‘ladigan ammiak molekulalar soni markaziy ionning koordinatsion soniga 
bog‘liq bо‘ladi. 
Mis, nikel, kobalt kabi elementlar juda barqaror ammiakatlar hosil qiladi. 
Organik aminlardan etilendiamin va piridin (S
5
H
5
N) juda kо‘p metallar 
bilan komplekslar hosil qildi. 
2. gidratlar va akvakomplekslar. Anoganik moddalarda suv molekulasi 
bilan birikib turg‘unligi turli bо‘lgan birikmalar hosil qilish hodisasi keng tarqalgan. 
Ichki va sirtqi qavatida suv molekulalari tutgan koordinatsion birikmalar g i d r a t l a r
deb nomlangan. Agar suv molekulasi koordinatsion birikmalarda ligandlik vazifasini 
bajarsa, bunday birikmalarni a k v a – k o m p l ye k s l a r deb ataladi. Tuzlar 
gidratlarining kristall panjarasida suv molekulalari joylashib qoladi ; buning ikkita 
sababi bor : birinchisi – ion dipol tortilishi bо‘lib, ikkinchisi – mustahkam vodorod 
bog‘lanishning mavjudligidir. Suv molekulalari ba’zi kristallgidratlarda kristall panjara 
bо‘shlig‘ini tо‘latib, modda tuzilishini mustahkamlaydi ; aks holda, panjarada katta 
kation yoki anion borligi sababli kristall oson yemirilib ketadi. Masalan, FeSiF
6
· 6H
2



va Na
2
XeO
6
· 8H
2
O barqaror kristallgidratlar jumlasiga kiradi, lekin FeSiF
6
va 
Na
4
XeO
4
suvsiz holda mavjud emas. Bunga sabab katta zaryadli anion (masalan, SiF
6
2- 
) bilan xuddi о‘zidek ikkinchi anion (masalan: yana SiF
6
2- 
) orasidan itarilish kuchi 
yuzaga keladi; shuning uchun kristall panjara suv molekulalari bо‘lmagan sharoitda 
barqaror 
kristall 
panjara 
hosil 
bо‘lmaydi. 
Kristallgidrat tarkibidagi suv 
molekulalarining hammasi metall ionni qurshab olmagan hollarda ham, bu molekulalar 
vodorod bog‘lanish hosil bо‘lishida ishtirok etadi. Masalan, kristall holdagi mis (II) – 
sulfat pentagidratida (CuSO
4
· 5H
2
O) bitta mis atomiga 5 molekula suv tо‘g‘ri keladi, 
ulardan faqat 4 tasi metall atrofida koordinatsiyalangan, beshinchi suv molekulasi 2 ta 
vodorod bog‘lanish orqali 2 ta suv molekulasi bilan birikadi. 
Kо‘pchilik kristallgidratlarda uchraydigan suv molekulalarining soni 2, 4, 
6, 7, 8, 10 va 12 ga teng bо‘lgan hollar kо‘p uchrab turadi. Bu qatordan kо‘rinadiki 
kristallgidratlarda suv molekulalarining soni markaziy ionning koordinatsion soniga 
teng bо‘lavermaydi. 
Kristallgidrat yoki koordinatsion qavatga joylashgan suv molekulalarining 
qizdirishga munosabati turlicha, koordinatsion qavatdagi suv molekulalarining bug‘ 
holga о‘tishi uchun talab etiladigan temperatura gidratlangan holatdagi suv (105 – 115 

S) ga nisbatan yuqori temperaturani talab etadi. Birikmalardagi bunday suv 
molekulalari farqini kimyoning termoanaliz sohasi о‘rganadi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin