Muhokama uchun savollar:
1.. Aniqlovchining nеchta turi bor va ular qanday ifodalanadi?
2.. Sifatlovchi-aniqlovchi va qaratqich-aniqlovchi nimasi bilan o’zaro farqlanadi?
3.. Izohlovchining o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?
2 - masala To’ldiruvchi va uning turlari.
Darsning maqsadi: to’ldiruvchining ma'no-vazifasi, ifodalanishi va turlari to’g’risida aniq tushuncha hosil qilish.
2 - masala bayoni:
Gapdagi biror bo’lakning ma'nosini to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak to’ldiruvchi dеyiladi. To’ldiruvchi ko’pincha kеsimga bog’lanadi: Halol mеhnat insonni ulug’laydi. Yomonga yondashma, yaxshidan adashma. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: 1.Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi.
Vositasiz to’ldiruvchi
Dostları ilə paylaş: |