Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


ODDIY GAP BO'LAGI FORMASIDAGI AJRATILGAN XOLLAR



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə129/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

ODDIY GAP BO'LAGI FORMASIDAGI AJRATILGAN XOLLAR.

Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xollar o'zidan oldin kelgan xolning so'rog'i va vazifasiga teng bo'ladi. Ajratishning bu turi tilimizda keng qo'llanadi. Ayniqsa, ajratilgan payt va o'rin xollari juda ko'p ishlatiladi.



AJRATILGAN O'RIN XOLI.

Masalan:


1.Nariroqda, garb tomonda, Lena tog'lari yuksaldi. (O.T)

2.Ayvon oldida, otxonaning lang ochiq eshigi yonida, otlar qarsillatib yem yeb turardi.



AJRATILGAN PAYT XOLI

Masalan:


1.Bugun, darsdan keyin, maktabda ota-onalar yig'ilishi chaqirilgan edi.

2.Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamrox bo'lib qoldi.



AJRATILGAN BO'LAKLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI

Ajratilgan bo'laklarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.

1.Ajratilgan bo'laklar odatda vergul bilan ajratiladi.

Ajratilgan bo'lak gapning boshida kelsa, undan so'ng, oxirida kelsa undan oldin, gapning ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.

Misollar:

1.Ko'm-ko'k barglarga burkangan daraxtlarni tebratib, salqin shabada esadi.

2.“Dunyoning ishlari ko'p qiziq-da”, dedi Zebixon, o'ziga-o'zi gapirganday. (S.Z)

3.Jangchilar, nima haqida gap kelayotganligini bilmay, qiziqish va xayrat bilan qarashardi.

3.Ajratilgan bo'lakning sostai keng bo'lsa yoki uning ichida vergul bo'lsa, bunday ajratilgan bo'laklar tire (-) bilan ajratiladi.

Masalan:


1.Axir u mana shu o'tirganlar -erkaklar, ayollar va besh yosh bolalar uchun-frontda kon to'kmaganmi?! (SH.R)

2.Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga -Roziyani avvaliday go'zal, shod ko'rish niyatiga-Sattor bir laxzada yetdi. (P.K)

3.Ajratilgan bo'lak izohlanmishning ma'nosini ochib bersa (ular o'rtasida ya'ni so'zini ishlatish mumkin bo'lsa), bunday ajratilgan bo'lak ham tire (-) bilan ajratiladi. Bunday xolatda ajratilgan bo'lak bilan keyingi gap bo'laklari orasiga hech qanday belgi qo'yilmaydi. Chunki ular o'rtasida ajratuvchi pauza yo'q. Ular umumiy intonasiyaga ega bo'ladi.

Masalan:


1.Bambur Nargizning vatani-Gullar bog'ini bilardi. (SH.R)

2.Biri aks etadi gullarda,

Biri olim-ёqimli, xushfe'l. (X.P)


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin