AJRATILGAN XOLLAR.
Ajratilgan xol o'z formalariga ko'ra ikki xil.
Oborot formasidagi ajratilgan xol.
Oddiy gap bo'lagi formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchi konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol.
Ko'makchili konstruksiyasi formasidagi xol kesimdan uzoqda kelib, o'ziga oid so'zlar bilan kengayib, boshqa gap bo'laklardan ajralishi mumkin. Bunda konstruksiya kabi, bo'yicha, tufayli, yarasha, xolda, muvofiq kabi ko'makchi so'zlar bilan shakllanadi.
Masalan:
1.Navoiy bir qo'lini ko'ksiga qo'ygan holda, boshini kamtar, yengil qimirlatishi bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
2.To'ppon, ishda to'rt kishining ishini qilgani kabi, ovqatda ham to'rt kishining ovqatini yegan edi.
Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan bo'laklardagi kabi, ma'lum darajada predikativlik mavjud. Ko'makchili konstruksiya oboroti formasidagi ajratilgan xol quyidagi ma'noni ifodalaydi.
1.Turli xolatni
Masalan:
1.Nor xola xursandlik bilan yuragi to'ygan xolda, bog'ni aylanib keldi.
2.O'ktam allanechuk bo'shashgan holda otliq qizning orqasidan ancha vaqt o'ychan qarab qoldi.
2.O'xshatishni,
Masalan:
1.Buloqning suvi, podshox zamondagi mazlumlarning ko'zlaridan oqqan yosh kabi tinmay to'lib toshdi. (SH.R)
2.Farxodning qoyalarni o'pirgan afsonaviy teshasi kabi, shoir fikri toshlarni yaxlid kesib, misralarga boylab, qalab ketdi.
Dostları ilə paylaş: |