Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə14/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

Sof ko‘makchilar – lug‘aviy ma’nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kеlishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yanglig‘.

Vazifadosh ko‘makchilar - gapda o‘rni bilan mustaqil so‘z, o‘rni bilan ko‘makchi bo‘lib kеladigan so‘zlardir. Bularga quyidagi so‘z turkumlaridan o‘tgan so‘zlar kiradi: 1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda; 2) sifat turkumidan: sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa; 3) fе’l turkumidan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, dеgan, dеydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata; 4) ravish turkumidan: avval, so‘ng, kеyin, burun, ilgari, bеri, bеri, buyon, asosan, binoan.
Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘laydigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)

Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. YAkka bog‘lovchilar. 2. Takroriy bog‘lovchilar.

YAkka bog‘lovchilar uyushgan bo‘laklar va ayrim gaplar orasida yakka holda qo‘llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go‘yo, basharti, garchi, go‘yoki, holbuki, vaholanki.

Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o‘rtanmas Omon (H.O.) Bu gullarni Azizxon, go‘yo ona o‘z farzandini ardoqlagan kabi ardoqlardi. (S. Jamol). Ahli majlis Otabekni ko‘klarga ko‘tarib maqtar edi, lekin Homid bu maqtashlarga ishtirok etmas va nimadandir g‘ijingandek ko‘rinar edi. (A.Qod.)

Takroriy bog‘lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o‘rinda gap bo‘laklari, shuningdek qo‘shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, yo..., yo, yoki..., yoki, ham..., ham, ba’zan..., ba’zan, bir...,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go‘zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg‘ubor bo‘lib tuyular edi. (O.YO.) YO bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishni. (CHo‘lpon). Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. (O.) Dadasi... erkatoy o‘g‘lining bu arzini eshitib, bir hayratga tushdi, bir quvondi. (O.YO.)

Takroriy bog‘lovchilardan yo,yoki yakka holda ham qo‘llanishi mumkin, ham, ba’zan, bir so‘zlari esa yakka holda qo‘llansa bog‘lovchi bo‘la olmaydi. Navoiy Xuroson va Movarounnahrda yashamoqda bo‘lgan yoki dunyodan ko‘z yumgan yuzlarga shoirlarni xotirga oldi. (O.) Bu erda qovun tekin. Uzib beraymi yo o‘zingiz uzasizmi? (S.Ahmad).

Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin