5. Maqsad ma’nosini anglatgan uchunko‘makchisi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi. B) Daftarni ukam uchun keltirdim. C) G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi. D) Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi.
6. Ko‘makchilar, asosan, quyidagi qaysi so‘zlardan keyin kelmasligi mumkin?
A) ot, olmosh B) harakat nomi, sifatdosh C) ravishdosh, otlashmagan so‘zlar D) A, B.
7. Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping.
A) Avval o‘yla, keyin so‘yla.(Maqol) B) Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. (O.Y.) C) Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi. (O‘.Rashid) D) B va C.
8. Sof ko‘makchilarning xususiyatlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) Bunday ko‘makchilar atash ma’nosini tamoman yo‘qotgan bo‘ladi. B) O‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiladi. C) Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi.
D) Ohang tomonidan o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil etadi.