Bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi so‘zlar
Boshqa so‘z turkumiga oid so‘zlar ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi o‘rnida qo‘llanadi: deb, degan, kim, nima, qaysi, qancha, qaerda, bordiyu.
Masalan: Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o‘tirishibdi (O.) Kim ko‘p o‘qisa, u ko‘p biladi.
Yuklama
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo‘ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to‘kib, mag‘rur ko‘tarildi. (O.)
YUklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) qo‘shimcha holatdagi yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so‘z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To‘ydan faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G‘iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha ostida o‘tirib, uni erkalatmasmidi.
Dostları ilə paylaş: |