Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə221/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1 Qaysi gapda modal so‘z bor?

1. So‘zsiz, buni hamma biladi-ku!

2. Ofarin, azamatlar, ishni do‘ndiribsizlar. 3. Yo‘lchi, chamasi, ikki yildan beri temirchi bilan yaqin do‘st edi. 4. Mayda-chuyda kamchiliklar topibdi, mazmuni. 5. Axir, xatning mazmuni shunday edi. 6. Tabiiy, Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-onasi unga hech narsani aytmaydi. 7. Siz, balki, mening tilimga tushunarsiz. 8. Uning ishlari, aftidan, yaxshi emasga o‘xshaydi. A) 1, 3, 4, 6, 7, 8 V) 1, 3, 4, 5, 6 S) 1, 2, 3, 6, 8 D) berilgan barcha gaplarda Ye) 2, 3, 4, 6, 7, 8.

2 Quyidagi gaplardan qaysi birida modal so‘z qo‘llangan?

A) Ona o‘z o‘g‘lini sevadi faqat (H.O.) B) Yuragimni berib ketsang bas.(Uyg‘un) C) Hattoki ish shu qadar jiddiy bo‘ldi. D) Yolg‘iz sensan mening tilagim. E) Sen ham shu uyning bekasisan.



3 Qanday so‘zlar morfologik jihatdan o‘zgarmaydi?

A) mustaqil so‘zlar V) olmosh, son

S) yordamchi so‘zlar D) ot, fe’l

E) faqat olmosh

4 Taqlid so‘zlar gapda, asosan, qanday gap bo‘laklari vazifasida keladi?

A) to‘ldiruvchi va aniqlovchi V) kesim va hol S) to‘ldiruvchi D) hol va to‘ldiruvchi Ye) aniqlovchi va hol



5 Taqlidiy so‘zlardan yasalgan otlar berilgan qatorni toping.

A) dag‘dag‘a, qarsak V) xurrak, taqa

S) yaltiroq, dang‘illama D) A,V

E) V,S

6 Taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’llar qatorini belgilang.

A) shitirla, chiqilla V) g‘ijirla, tiqirla S) yarqira, ming‘irla D) chug‘urla, tiqirla Ye) barcha javoblarda taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe’llar berilgan.

7 Morfologiyaga tegishli atamani belgilang.

A) bog‘lama V) holat ravishi

S) kirish so‘z D) undalma Ye) ravish holi

8 Qaysi qatorda modal so‘z mavjud?

A) Xayriyat, majlisga Oqilaning o‘zi kirib bormabdi. V) Obbo, yana ish pachava deng. S) Bu yil hamma fanlarni “a’lo” bilan yakunlashim shubhasiz. D) Ofarin, azamatlar, ishni do‘ndiribsiz. Ye) Bu yerlarda hatto bahor oylarida ham maysa ko‘karmasdi.

9 Qaysi so‘zlar taqlidiy so‘zlarga

-ak qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan?



A) guldirak, pirpirak V) qarsak, g‘ijjak S) bezak, g‘urrak D) A, V

E) A, V, S

10 Qaysi modal so‘zlar o‘zaro sinonim bo‘la oladi? 1) darhaqiqat; 2) chog‘i; 3) taxmin; 4) chamasi;

5) aftidan; 6) har qalay;

7) mazmuni.

A) 2,4,6 V) 2,3,4,5 S) 3,4,6

D) 1,6,7 Ye) 4,5,6,7

Mashg‘ulotni yakunlash.O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin