Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə217/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

3-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1 Quyidagi uch xususiyatdan qaysilari yordamchi so‘z turkumlariga xos?

1. Lug‘aviy ma’no; 2. Grammatik ma’no; 3. Grammatik vazifa.



A) 1, 2, 3 V) faqat 3
    1. S) 2, 3 D) 1,2 Ye) faqat 2


2 Qaysi hukm noto‘g‘ri?

A) barcha juft so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi. V) barcha takroriy so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi S) juft fe’llar chiziqcha bilan yoziladi D) barcha yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi

E) barcha javoblardagi hukm to‘g‘ri.

3 Bog‘lovchi vazifasidagi –u(yu) yuklamalari qaysi bog‘lovchilar o‘rnida qo‘llanishi mumkin?

A) biriktiruv bog‘lovchilar V) zidlov bog‘lovchilar S) ayiruv bog‘lovchilar D) biriktiruvchi va zidlovchi bog‘lovchilar Ye) biriktiruvchi, zidlovchi va ayiruvchi bog‘lovchilar

4 Qaysi gapda bilan ko‘makchisi bog‘lovchi vazifasida kelgan?

A) Yerni traktor bilan haydaydilar. V) Keng yo‘l bilan ketdik. S) Sobir erta bilan turdi va ishga otlandi. D) Paxta dalasiga hasharchilar bilan ketdik. Ye) Vazira bilan singlim bir guruhda o‘qishadi

5 Takrorlangan holda qo‘llanadigan bog‘lovchilar asosan bog‘lovchilarning qaysi turiga mansub?

A) teng bog‘lovchilarga

V) ergashtiruvchi bog‘lovchilarga

S) biriktiruvchi bog‘lovchilarga

D) A, V Ye) barcha bog‘lovchilar takror holda qo‘llanishi mumkin.

6 Omonim yuklamalarni toping.

A) -gina(-kina, -qina) V) -u(-yu),

-da, -a S) -mi, -chi, -ku, hatto

D) faqat, -gina, yolg‘iz Ye) A va D.

7 Quyidagi gapda chi qanday vazifa bajaryapti? Senchi, sen qaerda eding?

A) so‘z yasovchi qo‘shimcha V) ta’kid yuklamasi S) so‘roq yuklamasi

D) kuchaytiruv yuklamasi Ye) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimcha

8 Anvar o‘z istiqbolini yolg‘iz muhabbat orqali ko‘rar edi. Ushbu gapda qo‘llangan ko‘makchini toping.

A) o‘z V) yolg‘iz S) orqali

D) edi Ye) ko‘rar edi.

9 Sinonim yuklamalar qatorini belgilang.

A) faqat, yolg‘iz, -gina V) -u(yu),

-da, -a S) -mi, -chi, -ku, -ya

D) hatto, -gina (-kina, -qina)

E) V va S.

10 Teng bog‘lovchilarning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari qaysi javobda?

A) teng bog‘lovchilar, ergashtiruvchi bog‘lovchilar V) yakka bog‘lovchilar va takror bog‘lovchilar S) biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar, zidlovchi bog‘lovchilar D) sabab bog‘lovchilar, shart bog‘lovchilar, chog‘ishtiruv bog‘lovchilar Ye) V, S va D



Mashg‘ulotni yakunlash.O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin