2-ilova Mashqlar bajarish; (Talabalar mashqlarni sharti asosida navbat bilan bajaradilar va javoblarning to‘liq va mukammal bo‘lishi o‘qituvchi va talabalar tomonidan qatьiy nazoratga olinadi.)
286-mashq. O‘qing, bog‘lovchilarni topib. ularning grammatik ma’nosi va vazifasini izohlang; teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
1. Endi goh moviy tus olib, goh qoramtir rangga kirib, goh oppoq ko‘piklanib mavj urayotgai dengiz to‘lqinlarini tez-tez kelib ko‘rarkan, u buni ayniqsa yaqqol his etdi. (L. Batь.) 2. Lekin Qalandarga na go‘sht tatidi, na qimiz! (O. Yo.) 3. Yo‘l shunday tekis ediki, go‘yo biz qizil poyondoz ustida ketayotganday edik. (K. Abukov.) 4. Ayvondagi g‘o‘lalar tamom bo‘ldi, ammo tarasha qilinadigan o‘tinlar hali uyulib yotardi. (K. Abukov.) 5. Mehri bilan kampir mashinalar va ularda ishlayotgan odamlar harakatini kuzata-kuzata bo‘yoq va pardozxonaga o‘tdilar. (S. Ahm.) 6. Agar umumiy majlis qaror chiqarsa, shu pullarning ixtiyorini senga topshiraman. (S. Ahm )