295-mashq. O‘qing, shakli bir xil yordamchi so‘zlarning vazifasiga ko‘ra nomini ayting.
1. Salimov bilan Pardavoy ostonaga qadam qo‘yishlari bilan, Qudrat o‘zini chetga oldi-yu, kelgan tomoniga qarab chopa ketdi. (J. Abd.) 2. Bolalarki, shunday deyayotgan bo‘lsa, kattalarning og‘zida nima gap? (I. R.) 3. Odamlar kelayotibdi-yu, siz ketasizmi? (A.Q.) 4. SHuni bilginki, birovning baxti yuzida — husni jamolida bo‘lsa, sening baxting — boshingda — dono qizsan. (Yo. SHukurov.) 5. “Nima gap ekanini tushuntirib berarsiz balki”, — dedi. (A. CHakovskiy.) 6. Men buyruqning o‘zinigina emas, balki shu buyruqning qanday ahamiyatga ega ekanligini ham bilib olishim muhim. (A. CHakovskiy.) 7. SHunday ajoyib odamlar bo‘ladilarki, ulurni mansab ham, daraja ham, shon-shuhratlar ham o‘zgartirmaydi. (H.G‘.) 8. Bu katta shaharda ulug‘ madrasalar, san’atning butun mo‘’jizalari bilan bezalgan boy saroylar ham bog‘chalar, havoyi ko‘shklar ko‘p edi. (O.)
Dostları ilə paylaş: |