285-mashq. O‘qing. Qo‘makchi va ravishlarni topib, farqini izohlang. Ko‘makchilarni o‘zidan oldin kelgan ot yoki otlashgan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Ular ikki yonidan qalin daraxtlar saf tortgan tep-tekis xiyobonlar, ilon izi so‘qmoqlar, kishiga ajoyib ertaklar hadya etuvchi g‘orlar yonida bo‘lishdi. (J. Abd.) 2. Yaqinda tashkil etilgan o‘zaro musobaqalarning natijalari to‘g‘risidagi xabarlar ham vaqt-vaqti bilan yetkazib turiladi. (J. Abd.) 3. Oxiri Tuyabuloqqa yaqin bir pioner lagerining avtobusini yollashga to‘g‘ri keldi. (J. Abd.) 4. Tepaliklar ustida qor uyumlari... tushga yaqin erib yana qumga singib ketardilar. (J. Abd.) 5. SHamsi avvaliga angrayib turib qoldi-yu, keyin shoshib. egarga mindi. (S. Ahm.) 6. Nonushtadan keyin, odatdagidek, kiyinib, kombinat sari jo‘nadi. (Mirm.)