Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə207/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

283- mashq. O‘qing. Ko‘makchi otlarni va ot ko‘makchilarni aniqlab, alohida-alohida ko‘chiring, ular orasidagi farqni tushuntiring.
1. Karomatov unga Akbarov va Toshev haqida savollar berdi. (P.Q.) 2. U studentlar ichida eng yaxshi modalarni tanlab kiyardi, sochini bo‘lsa kuniga har xil prichyoska qilmasa, ko‘ngli joyiga tushmasdi. (S. Ahm.) 3. So‘zlari orasida «Sug‘d» va «Xorazm» madaniyatlari, Navoiyning tili, Amudaryo to‘g‘oni masalalaridan boshlab to atom bombasiga qadar turli mavzularda gap borar edi. (0.) 4. Ismoiljon Bashoratning qo‘lidan chamadonchani olib, mashina tomonga yurdi. (S. Ahm.) 5. Po‘latjon ariq bo‘yida, o‘rilgan pichanning ustida, chalqancha yotib ashula aytmoqda edi. (O. Yo.) 6. Kattakon bak oldida choy damlangan tunuka choynakni cho‘qqa qo‘yib o‘tirgan cholning yoniga tushib ketayotgan edi, uzoqdan mashina chirog‘ini ko‘rib to‘xtadi. (S. Ahm.)

284-mashq. Nuqtalar o‘rniga sari, bilan, uchun, beri, keyin, qadar, dovur, ichra ko‘makchilaridan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring, ularning qaysi kelishik shaklidagi so‘z bilan kelganini ayting.
1. Yurak dala ... talpinardi. (Mirm.) 2. Umr — dono ... juda qisqa, tanbal ... keragidan ortiq uzun! (SH.) 3. U uyga yaqinlashgan ... bahona topishga shoshardi. (S. Ahm.) 4. Zebixon shu tariqa o‘zini olisroqdan bir muddat namoyish qilib turgandan... gavdasini g‘alatiroq egib keskin burildi-da, ketdi. (S. Ahm.) 5. Majlis yarim kechaga... cho‘zildi. (SH. Siddiqiy.) 6. Yunus Rajabiy xalq boyligini to‘plab, besh tomlik kitob qilib nashr etdi va bu ... besh bebaho haykal yaratdi. (S. Karomatov.) 7. SHukrona ayt avval parcha non uchun, So‘ng qultum suv uchun shukrona takror... (A.O.) 8. Uzoqdan Navoiyning qorasi ko‘ringuniga ... u amirning kelishiga ishonmasdi. (L. Batь.) 9. Zulmat ... nur yog‘ilganday, huvillab turgan hovli bir nafasda shodlikka to‘ldi. (J. Abd.)

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin