Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə210/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1 Ko‘makchilar qaysi kelishiklar qo‘shimchalariga sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin?

A) qaratqich va jo‘nalish V) jo‘nalish va o‘rin-payt S) o‘rin-payt va chiqish D) chiqish, jo‘nalish va o‘rin-payt Ye) qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish

2 Quyidagi yuklamalardan qaysilari so‘zga qo‘shib yoziladi? 1) -ku; 2) -u(-yu); 3) -da; 4) -oq(-yoq); 5) -mi; 6) -a(-ya); 7) -chi; 8) -gina.

A) 1, 2, 4, 5, 8 V) 2, 3, 5, 6

S) 3, 4, 5, 8 D) 4, 5,8 Ye) 3,5,8.

3 Quyida berilgan qaysi turkumga oid birliklarning ba’zilari o‘zlari birikib kelgan so‘zdan chiziqcha(defis) bilan ajratib yozilishi mumkin?

A) bog‘lovchilar V) ko‘makchilar



S) yuklamalar D) A, S Ye) A, V, S

4 Sizni otasi o‘rnida ko‘rsak-u, nahotki sizdan beso‘roq ish tutsak-a...(A.Q) Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang.

A) 1 V) 2 S) 3 D) 4 Ye) 5



5 Maqsad ma’nosini anglatgan uchun ko‘makchisi qatnashgan gapni aniqlang.

A) Anvar yuzidagi kulgini yashirish uchun chetga qaradi. V) Daftarni ukam uchun keltirdim. S) G‘o‘za erta ekilgani uchun hosil mo‘l bo‘ldi. D) Yig‘ilish uchun imkon yaralmadi. Ye) Maqsad ma’nosini ifodalovchi misol berilmagan.



6 Mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlardan qaysi biri yuklamalarga ham xos?

1) lug‘aviy ma’noga egalik;

2) grammatik shaklga egalik;

3) grammatik ma’noga egalik;

4) grammatik vazifaga egalik;

5) gap bo‘lagi vazifasida kela olish.

A) 2, 3, 4, 5 V) 2, 3, 4 S) 2, 4

D) 3, 4 Ye) 2, 3

7 Bog‘lovchilar vazifasiga ko‘ra...

A) teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.

V) biriktiruv, zidlov, ayiruv bog‘lovchilariga bo‘linadi. S) birik-tiruv, zidlov, ayiruv, ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. D) takrorla-nadigan va yakka holda qo‘llanadigan bog‘lovchilarga bo‘linadi. E) bog‘lovchi va bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlarga bo‘linadi.

8 Gar shul eshitganim bo‘lmasa ro‘yo... Ushbu misradagi gar so‘zi qaysi so‘z turkumiga xos?

A) yuklama V) bog‘lovchi S) ko‘makchi

D) gar so‘z emas, qo‘shimcha Ye) modal so‘z



9 Bu ko‘chada ham faqatgina imorat xolos-da, boshqa hech narsa yo‘q-ku. Bu gapdagi yuklamalar sonini aniqlang.

A) 5 V) 4 S) 3 D) 2 Ye) 6



10 Qaysi qatordagi so‘zlarning ikkinchisi yordamchi so‘z hisoblanadi?

A) uyga ketmoq, isib ketmoq

V) uyning ichi, hafta ichi S) hafta ichi, uyga ketmoq D) uyning ichi, isib ketmoq Ye) isib ketmoq, hafta ichi.

Mashg‘ulotni yakunlash.O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin