Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə226/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

314-mashq. O’qing, tenglashish va ergashish yo’li bilan bog’langan so’z qo’shilmalarini aniqlab, ular orasidagi farqni tushuntiring. 1. Teng bog’lanish yo’li bilan tuzilgan so’z qo’shilmalarini ko’chirib, bog’lovchi vositalar tagiga chizing. 2. Ergashish yo’li bilan tuzilgan so’z qo’shilmalarini ko’chirib, hokim va tobe so’zlarni belgilang.

1. Pastliklarda g’uj-g’uj pista daraxtlari, azamat toshlar orasida sinkaga solingandek ko’k suv goh ko’rinadi, goh ko’rinmaydi. Soyning narigi tomonida yalang’och tog’lar yuksala-yuksala vodiy yo’lini to’sib yotibdi. Uning qizil cho’qqilariga oftob tushib turibdi. O’ngirlarda saratondan yashirinib qolgan qor uyumlari ko’rinadi. (S. Ahm.) 2. Qishloqlardan, yaqin-uzoq dalalardan paxtalar, qovun-tarvuzlar, xashak-pichanlar, don-dun, o’tin-yog’ochlar, makkapoya, g’o’zapoya, beda va boshqa narsalar yuklangan aravalar shaharga paydarpay kelib turadi. Katta yo’llar bo’yidagi daraxtlar, uylar, devorlargina emas, ot-ulov yurmaydigan jin ko’chalardagi, hatto ko’cha yuzidan yiroq hovli-maydonlardagi daraxtlar, uylar, devorlar ham xuddi osmondan tuproq yoqqandek ikki enli chang ostida so’rrayib yotadi. (M.Ism.)

4-ilova

1 So’z birikmasini toping.

A) tashrif buyurmoq V) ko’ngli keng S) gullar ochildi D) shoirlar, bastakorlar va rassomlar Ye) so’z birikmasi berilmagan.



2 Quyidagi atamalarning qaysi biri sintaksisga tegishli?

A) orttirma nisbat V) modal so’z

S) taqlid so’z D) bosh so’z

E) bog’lovchi.



3 Ot+fe’l shaklidagi birikmalarda so’zlarni o’zaro bog’lovchi vositalar ko’rsatilgan javobni toping.

A) kelishiklar V) tartib va intonatsiya (ohang) S) ko’makchilar

D) kelishik va ko’makchilar

E) kelishiklar, ko’makchilar, tartib va intonatsiya.



4 SHoshmasdan bajarmoq, to’g’riga yurmoq kabi birikmalardagi so’zlar o’zaro qanday yo’l bilan bog’langan?

A) moslashuv usuli bilan

V) ko’makchili boshqaruv usuli bilan S) bitishuv usuli bilan D) teng bog’lanish orqali

E) kelishikli boshqaruv usuli bilan

Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.




Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin