344- mashq. O’qing. Izohlovchilarni topib, ularning ma’no xususiyatlarini ayting.
I. Hali juda yoshlik chog’imda Ismoil boboning to’y bazmida toshkentlik mashhur To’ychi hofiz, beshariqlik Hazratqul qori, qo’qonlik mashhur hofiz va askiyachi Erka qori, marg’ilonlik mashhur Yusufjon qiziq, Samarqand sozandalaryning’ sardori mashhur sozanda-xonanda ustoz Hoji Abdulazizlarning dutor, childirma hamda tanburlari, yalla, askiyalari, ichak uzdi qiziqchiliklari avjiga chiqib, to’y bazmining fayziga fayz qo’shilgandi. (N. Safarov.)
II. 1. Mahallada Isroil va Muslim degrez, Odil Varshav, Hayitboy oqsoqol, Ahmad kaltadum, birinchi grammofon olib kelgan Abdulla forumlar bilan ulfatchilik qilardi. (Mirm.) 2. Raqqosa qiz tovlanib xil-xil, Qushdek uchar sahnada yengil. (O. Xoldor.) 3. Master Fyodor Kuznetsov bilan bosh murabbiy Omonov bir-birlariga qarab, ko’z urishtirib olishdi. (Iboxon). 4. Nafisa opa ilgari bolalar bog’chasida murabbiya bo’lib ishlardi. (Mirm.)
Dostları ilə paylaş: |