Pedagogika fakulteti ona tili va bolalar adabiyoti


A) 4 ta V) 3 ta S) 7 ta D) 6 ta Ye) 5 ta



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə248/345
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#38953
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   345
УМК она тили ва адабиёт 2019-2020 III semestr

A) 4 ta V) 3 ta S) 7 ta D) 6 ta Ye) 5 ta



To‘ldiruvchi, aniqlovchi, hollarning turlari, ifodalanishi ustida tahlil qoliplari, mashqlar va testlar

341-mashq. O’qing. Aniqlovchilarni topib, so’rog’i, ifodalanishi va qaysi so’z bilan bog’lanib kelganini ayting.

Alisher rastalardan ildam o’tib bordi. Bozor chekkasidagi qo’l yozma kitoblar taxlab qo’yilgan kichik do’konchalar uning e’tiborini jalb qildi. Bu sovuq va nim qorong’i do’konchalarda inson aqlining xazinalari o’yma gulli charm muqovalarga o’ralib taxlanib yotardi. Kitob do’konlari yoniga muqovasoz ustalarning do’koni joylashgan. Alisher to’xtab, mashhur muqovasoz ustaning gul solish oldidan charmni tarang qilib tortib, iylashini uzoq tomosha qildi. Ayniqsa, ana shu rastalarda Alisher o’zining hirotlik ekanini yaqqol his etdi. Eski qo’l yozmalarning hidini huzur qilib iskarkan, u ketishga shoshilmasdi. (L. Batь.)

342-mashq. O’qing, aniqlovchilarni topib, turini, qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Sifatlovchilarni sifatlanmishlar bilan birga ko’chiring, sifatlovchi tagiga to’lqinli chnziq chizing.

1. CHoy ustida shiringina oilaviy suhbat boshlanib ketdi. (J. Ikromiy.) 2. Yangi klub. Katta zalda o’tgan kuni bo’ldi bal. (Q. H.) 3. Ming bir xil davo bor totli qimizda. (Mirm.) 4. CHang-to’zon bilan qoplangan osmonda mayda-mayda yulduzlar g’ira-shira miltirardi. (N. Biryukov.) 5. Boychechaklarning xushbo’y, sezilar-sezilmas hidini nayning yoqimli hidi bilan uchirib keldi. (I. R.) 6. Bir qarashdayoq uning zehnli, udli-shudli ekanligini bilib oldim. (SH. Siddiqiy.) 7. Uning na mol-davlatga, na shon-shavkatga ishtiyoqi bor. (K. Moiseeva.) 8. Qizning onasi muallima, otasi xizmatchi edi. (I. R.)



343-mashq. Ajratilgan qaratqich aniqlovchisini topib, qaysi so’zni izohlayotganini ayting; ularni qaralmish bilan birga ko’chiring.

1. Biz, ana shu sinalgan kuchning vakillari, do’stligimizning tarixiy izlaridan kelib, uning veteranlari, yangi avlodlari bilan tanishdik. (As.M.) 2. O’rik gulini eslatuvchi laylak qor girdobidan qutulmoqchi bo’lgandek yelayotgan suvoriyning — Farg’ona yigitining — bor diqqati ilon izidek o’rmalagan yo’lda. (S. Azimov.) 3. Aftidan, mayorning fyurerga yaqinligi haqidagi ovozalar bu yerdagilarnpng — gospitaldagilarning ham qulog’iga yetgan ko’rinardi. (A. CHakovskiy.) 4. Lekin har ikkovi ham bir narsani — Gavharning endigi taqdirini o’ylar edilar. (O’.H.)




Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   345




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin