A) Kesim ko‘plik shaklda qo‘llanadi. B) Kesim birlikda qo‘llanadi. C) Kesim fe’l bilan ifodalansa, ko‘plikda, sifat, ravish, son bilan ifodalansa, birlikda qo‘llanadi. D) Kesim birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanishi mumkin.
7-ilova.Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg`ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma`lum qiladi, ularni rag`batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg`ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
7- AMALIY MASHG`ULOT : Ajratilgan bo‘laklar va ularning turlarini belgilash, bunday gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan tahlil qoliplari, mashqlar va testlar..2 soat
Gapning ajratilgan bo’laklari deb nimaga aytiladi?
Uyushiq bo’lakli gaplardan qanday farq qiladi?
Gapning qaysi bo’loaklari ajratilishi mumkin?
Egasi ajratilgan gapni misollar yordamida tushuntirib bering.
Kesimi ajratilgan gapni misollar yordamida tushuntirib bering.