.Mavzuga oid mashqlar orqali talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlash.
365-mashq. O’qing. Kesimi uyushgan gaplarni ko’chiring, eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to’g’ri chiziq chizing, kesimning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
1. Andrash Sabo xushmuomala, sertakalluf, yoqimtoy, xushsuhbat edi. (S. Kalmikov.) 2. Quruvchilar uchun... shaharcha qurildi; oziq-ovqat palatkalari, baraklar, oshxonalar, choy-xonalar, qizilburchaklar, kutubxonalar, ambulatoriyalar, kasalxonalar, omborlar, magazinlar barpo qilindi. (N. Biryukov.) 3. Kun salqin va izg’irin. (S. B.) 4. Hammaning dilida bir-biridan yaxshi, tez, toza, ko’p paxta terish tuyg’usi. (A. Muhiddin.) 5. Ko’l harakatsiz, shu`lador, kimsasiz. (CH. Ayt.) 6. “Komiljon bilan Tatyanani chaqiringlar!” — dedi u qabulxonadagi xodimasiga. (I. R.) 7. To’tixon xatni ko’zlariga surtar, o’par, hidlar edi. (S. Ahm.) 8. Ochiqqan, toliqqan otliqlarga o’tgan-ketganlar hayron bo’lib qarashardi. (L. Bat.) 9. Naimshoh... SHakar bahodirni izzat-hurmat bilan kutib oldi va mehmonxonaga boshlab kirdi. (S. Ulug’zoda.)
366-mashq. O’qing, to’ldiruvchisi uyushib kelgan gaplarni topib, uyushiq to’ldiruvchilarni o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring, to’ldiruvchining turini ustiga yozib qo’ying.
1. O’tgan yili Madaminxo’ja xirmonida yoqilgan umid chirog’i qalbiga na surur berdi va na nur! (M.I.) 2. U erda Saodatni yaxshi kutib oladilar, yuvib-taraydilar, kiyintiradilar. (S. Z.) 3. Qo’biz adirlar orqasiga yonboshlayotgan quyosh haqida, har yoqqa salqinlik taratayotgan mayin shabada haqida, yo’l yoqalab kelgan ko’m-ko’k yavshon va sap-sariq chalovlarning sekin-sekin tebranib gul changlarini to’kayotgani haqida kuylardi. (CH. Ayt.) 4. Beso’naqayroq yuzli, qora ko’zli bu yigit aqlli ko’rinardi. (V. Karpov.) 5. O’razqulga ko’rsatilgan hurmatlar uchun, ziyofatlar uchun, qarzlar uchun, va`dalar uchun hisoblashadigan payt keldi. (CH. Ayt.) 6. Birdan uyini, qizini, shiyponini ko’rgisi kelib ketdi. (S. Z.) 7. Bularning oralarida shoiralar, g’azalxonlar, sozanda, qiziqchi va raqqosalar bo’lardi. (N. S.)
367-mashq. Uyushiq aniqlovchilarni topib, aniqlanmish bilan birga ko’chiring; so’rog’i, turi va qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
1. Ey, tim qora sochli, ko’zlaridan nur yog’ilib turuvchi murabbiya! Qadamlaringga hasanot! (Fodil as-Siboiy.)2. YOmon, yaxshi ish yo’q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat odamning naqshi! (U.) 3. Katta, dehqonga foydali, o’z ko’ngliga yoqadigan ish qilmoqchi edi u. (S. Nurov.) 4. Qancha-qancha to’qnashuvlar, yangi tashvishlar, quvonch, ikkilanish, muvaffaqiyatlar, mag’lubiyatlar va kurashlar kutadi bizni. (J. Abd.) 5. Bo’m-bo’sh, jimjit ko’chalardan yolg’iz ketdim. (O. YO.) 6. Zebo va barno bu qizning jasorati odamlar nazarida chindan ham hayron qolarli edi. (S. Ulug’zoda.) 7. Tashqari gullarga ko’milgan, sadarayhonlar, qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Yo’lchi uchun Petrov... butun hayoti va kurashi bilan muallim bo’ldi. (O.)
368-mashq. O’qing. Uyushgan va uyushmagan sifatlovchilarni aniqlang, ular orasidagi farqni tushuntiring.
1. Uning mehnatda chiniqqan qoramtir yuzida, jonli, tiyrak yirik ko’zlarida bolalarcha ma`sumlik jilvalanardi. (O.) 2. YUrtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko’rmoq orzusida bo’lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko’p narsa umid qilar edi. (O.) 3. Hozir Mirzacho’lga borgan har bir kishi u erdagi yangi, obod shaharlarni, ko’p qavatli muhtasham binolarni, hashamatli uy-joylarni, har ikki tomoni ko’m-ko’k daraxtzorlar bilan qoplangan keng va tekis asfalt yo’llarni ko’radi. (A. Po’lat.) 4. Mulozimlar uning yuvosh, lekin jussasi juda kelishgan yo’rg’a qorabayir otini ko’ndalang qilishdi. (O.) 5. CHol katta zarang tovoqda lim to’la tariq olib chiqib, toza supurilgan keng sahnga sochdi. (O.)
369-mashq. O’qing. Uyushgan hollarni aniqlab, o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan birikma tarzida ko’chiring; tagiga chizib, ustiga turini yozib qo’ying.
1. Korolyov mayorni... dov yurakligi, sof dil va rostgo’yligi uchun yaxshi ko’rardi. (A. CHakovskiy.) 2. YOng`in tutuni barra o’tlar ustida, endi nish urib chiqqan ekinlar ustida, daraxtlari kurtak chiqargan bog`lar ustida, ko’pirib-hayqirib oqayotgan bo’tana soylar ustida suzib yurardi. (S. B.) 3. Bo’g`iq shovqin suv orqali aniq o’tib, dahshatli va dabdabali eshitilar edi. (J. Vern.) 4. Lekin hozir qahramonlar minglab, o’n minglab chiqyapti. (A. CHakovskiy.) 5. YAna qo’rquvdan va tanholikdan yuragim o’ynay boshladi. (Samim ash-SHarif.) 6. Dengizday chayqalib, daryoday toshib, Ko’hna qirg`oqlardan ko’pirib toshib, SHarqirab, yarqirab, barq urib, serzavq Qalbimga to’ldirib hayajon va shavq Hayot chaqiradi meni yoniga! (U.)
370-mashq. O’qing. Umumlashtiruvchi so’z qatnashgan uyushiq bo’lakli gaplarni topib, qanday bo’lak uyushganligini ayting.
1. Traktorlarning tarillashi, tog`-tog` xarsang tosh, tuproq uyumlarining qulashi, vahimali gumburlashlar — bularning hammasi haqiqiy jang maydonini eslatardi. (J. Abd.) 2. Bu erda hamma narsa: qizil daraxtdan ishlangan panel ham, ko’rkam va qulay mebellar ham, billur qandil va qimmatbaho matodan tikilgan darparda, polga to’shalgan mayin turk gilami kishida taassurot qoldirishga mo’ljallangan. (V. Egorov.) 3. Uning yurish-turishi, kafedra oldida so’zlash usullariga taqlid qiluvchilar ham ko’p. (J. Abd.) 4. Ziyofatga Hirotning eng ilg`or kishilari: olimlar, shoirlar, hofizlar, mashshoqlar, xattotlar, teri ishlaydigan va kimxob to’qiydigan mashhur hunarmand ustalar, muqovasozlar va egarsozlar to’planishgan edi. (L. Bat.) 5. Men hamma narsani: charchoqni ham, yor-do’stlarimni ham, kollektsiyalarimni ham unutdim. (J. Vern.) 6. SHu daqiqalarda uning fikru xayolini uch narsa band qilgan edi: farzandlarining bemorligi, Olim mo-jarosi, Norzoda bilan munosabati. (F. Niyoziy.) 7. U minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi. (O.)
371-mashq. O’qing. Uyushiq bo’lakli gaplarni aniqlab, qanday bo’lak uyushganini, ularning o’zaro bog`lanishini ayting. Tegishli tinish belgilarini qo’ygan holda ko’chirib, uyushiq bo’laklar tagiga chizing.
1. Bu kengashda har kim o’z fikrini mulohazasini ko’ngliga tugib yurgan dardini bamaylixotir hech kimning fikri bilan hisoblashmasdan xavotir olmasdan tap tortmasdan aytdi istagan taklifini qildi. (A. Q.) 2. Nozimjon yoshligidan mehnatkash, sezgir, erga va molga mehr qo’yib o’sdi. (S. Nurov.) 3. Stol atrofida majlis hay`ati kotib bola rayijrokom vakili va zavod direktori Hikmat Hatamov o’tirishibdi. (O.YO.) 4. Uchastka uchun ham grafik plan ish sifati odamlarga to’g`ri maosh taqsimlash uchun ham kollektiv o’rtasidagi ahillikka g`ubor qo’nmasligi uchun ham turish-turmush emishlar kishilarnnng ruhi-ra`yini ko’tarish uchun ham birinchi galda u javobgar! (J. Abd.) 5. Suv er elektr bular hayot bahoriga yangi go’zallik va yangi nash`a bag`ishlovchi kuchlar edi. (O.)
Dostları ilə paylaş: |