350-mashq. O’qing, sifatlovchi aniqlovchi va ravish hollarini topib, ular orasidagi farqni izohlang. Sifatlovchili birikmalarni chap tomonga, ravish holini o’zi bog’lanib kelgan so’z bilan o’ng tomonga yozing, sifatlovchi va holning tagiga chizing.
Gap
|
Sifatlovchili birikmalar
|
Ravish holli birikmalar
|
|
|
|
1. Bahorda bu tog’lar yam-yashil o’tlar va gullar bilan bezanadi, yozda bo’lsa qovjirab, qandaydir ko’rimsiz manzara hosil qiladi. Lekin bu yerning yoz paytida ham o’ziga xos fayzi bor. Ufqqacha cho’zilib ketgan salobatli tog’lar osmon gumbazi tagida go’yo qotib qolgan dengiz to’lqinlariga o’xshab ketadi. (A. Kolbintsev.) 2. Rais cho’ponning zavq-shavq bilan aytayotgan qo’shig’idan mamnun bo’lib, otni qo’shiq ohangiga yo’rttirib, qamchisini beixtiyor o’ynab borardi. Qirning eng cho’qqi joyiga chiqqanimizda, pastda qolgan “Villis” mashinasi, oldinda esa o’sha qirning narigi pastlik joyida yoyilib yurgan qo’ylarga tikilib, qo’shiq aytayotgan Rajab boboning gavdasi va uning qo’lidagi tayog’i yaqqol ko’rindi. (A. Po’lat.)
Dostları ilə paylaş: |