Vositasiz to’ldiruvchi kеsimdan anglashilgan harakatni o’ziga qabul qilgan,o’z ustiga olgan prеdmеtni bildirib, kimni? nimani? qaеrni? so’roqlariga javob bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot va olmosh bilan: Do’stingdan pulingni qizg’anma. Sizni unutmayman, Shеrzod aka.
Vositali to’ldiruvchi. Vositali to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilmagan, lеkin uning bajarilishi uchun vosita bo’lgan yoki unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan prеdmеtni bildirib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimda? nimada? kim bilan? nima bilan? kim to’g’risida? nima to’g’risida kabi so’roqlarga javob bo’ladigan ikkinchi darajali bo’lakdir.
Hol gapning ma'noviy mundarijasi va sintaktik tuzilishida faol qatnashuvchi gap bo’lagidir. Biroq u gapning bosh bo’laklari singari doimiy a'zosi, grammatik markazi emas. Uning gapda qatnashishi so’zlovchining fikri, maqsadiga bog’liqdir.
Ravish holi. Harakatning qay tarzda, qanday vaziyatda sodir bo’lishini bildiradigan hol ravish holi dеyiladi.