Faoliyat ob’ektlari bo’yicha ta’lim vositalari tasnifi
Faoliyat ob’ektlari bo’yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo’linadi:
1. Material ta’lim vositalari. Bu o’quv qo’llanmalari, darsliklar, jadvallar,
maketlar, modellar, o’quv-texnik vositalar, mebel, o’quv-laboratoriya qurilmalari,
ko’rgazmali vositalar bo’lishi mumkin.
2. Ideal ta’lim vositalari – bular pedagog va talabalar yangi bilimlarni
egallashda qo’llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy,
san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»:
o’qituvchi ularni o’rgatish uchun belgilangan shaklda ko’rsatishi zarur. Masalan,
materializatsiya – abstrakt simvollar tarzida ko’rsatiladigan vosita(grafiklar,
jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko’rsatiladigan
vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).
Material va ideal vosita bir-birini to’ldiradi. Material vosita qiziqish va
diqqatni uyg’otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog’liq bo’lsa, ideal
vositalar – mantiqiy muhokama. Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod
olish bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |