Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#166742
Slayd 1. Pedagogika (копия)

Pedagogika fani va uning maqsad va vazifalari

Farhodova Shahzoda

REJA:

  •  Pedagogika fani va maqsadi.
  • Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi. 
  • Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
  • Pedagogika fanining vazifalari.

 Pedagogika fani va uning predmeti.

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan.

Pedagogika fani va uning predmeti

  • Pedagogika (yunoncha “paidagogike”– “paidagogos” “bola” va “etaklayman”) ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, shaxsni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat mazmuni, ta'lim, ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, shakllari, metodlari, vositalari, yagona ijtimoiy maqsad asosida yosh avlodni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi.

Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi

Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu pedagogik udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq pedagogikasiga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarning rayi qaytarilmaydi va boshqa shu kabilar misol bo’ladi.

Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi


Odamzodning hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan P. ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi fiqolari markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. 

Pedagogika fanining kategoriyalari

Bizga yaxshi ma’lumki, har bor fan uzining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, qoidalari, tamoyillari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha “kategoriya” deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samarasorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari

Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyat a'zosi. Ta’lim o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.

Ko’nikma shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Ma’lumot ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.

Pedagogika fanining vazifalari.


Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g’oyalar mohiyatida muhim ahamiyatga ega.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin