Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Reja


Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə5/6
tarix18.05.2022
ölçüsü25,93 Kb.
#58468
1   2   3   4   5   6
Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari.

Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi.Maktab ta‘lim-tarbiyasida nazariy asoslanib, tajribada ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan asl tajriba to‘g‘risida emas, balki kelingan, uzatilgan, qilingan fikrdadir” - degan edi.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma‘lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta‘limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi byudjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma‘lumotlari bilan isbotlanadi.
Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.
Kibernetika metodi. Kibernetika grekcha so‘z bo‘lib, rolni boshqaraman, idora etaman, boshqarish san‘ati degan ma‘noni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy prinsip va vositalarini ishlab chiqadi. Kibernetika mazmunini informasiya, dasturlashtirish, boshqaruvchi tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika kibernetika o’quv jarayonini, o’qitish va bilim berish jarayonlarini boshqarishningalohida shakli sifatida o’ziga xos xususiyatga ega,chunki pedagogik jarayon bilan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish o’rtasida juda katta farq bor.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin