Pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifalari



Yüklə 25,22 Kb.
səhifə2/2
tarix19.05.2023
ölçüsü25,22 Kb.
#117313
1   2
халк педагогикаси

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mafkura
Ma’naviyat – arab tilidagi “ma’no” yoki “ma’naviyatun”, “ma’noi g’oya” so’zlaridan olingan bo’lib, “ruhiy holat” degan ma’noni anglatadi.


G’oya-insonlarning ezgu niyatlar, fikri asosidagi amalga oshirilayotgan jarayonlar, ishlar, istiqbol rejalari, tamoyillaridan iborat.


Mafkura – muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o’z-o’ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma’naviy-ilmiy tizimidan iborat.


Milliy mafkura – xalqimizning ma’naviy-ilmiy mentaliteti, g’oyalari asosidagi amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo’li, davlatga, jamiyatga, olamga, o’z-o’ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir.
Maqsadimiz aniq- mustaqil, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati asosida xalqimizni farovon hayotga erishtirish, shu maqsadga erishish yo’lida fikr erkinligi, faoliyat ozodligi asosida insonning asl qadri mohiyatni ro’yobga chiqara borib, “inson xazinasini ochish”. Fikr va faoliyat erkinligi aslida insonning nodir va betakrorligiga asoslangan. Chunki insonning o’zligini anglash, uni nodir va betakrorligini anglashdan boshlanadi. Insonning nodir va betakrorligini anglash birinchidan, uning o’zida yashiringan imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun asos bo’lib, istakni shakllantirsa, ikkinchidan, unda boshqalarni hambetakror, ulug’ siymoligini anglash orqali insonlarni hurmat qilish, ulug’lashni keltirib chiqaradi. Uchinchidan, boshqalarning hamnodir, betakrorligiga ishonish, ularni hurmatlash qalbni g’arazdan poklaydi.
Yüklə 25,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin