Bolalar bog’chasi va yaslidagi jismoniy tarbiya jarayoniga mudir rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya ishini tarbiyachi olib boradi, u mashg’ulotlarni musiqachi, shifokor bilan birgalikda rejalashtiradi. Shifokor tarbiyachiga jismoniy mashqlarni tanlashga, ularning me’yorini aniqlashga yordam beradi.

Yasli va bog’chalarda jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun o’quv tipidagi mashg’ulotlar ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya daqiqalari, chiniqtiruvchi muolajalar, harakatli o’yinlar, ekskursiyalar, sayohatlar, bayramlar, yakkama-yakka va mustaqil mashg’ulotlar tarzida uyushtiriladi. Bulardan tashqari musiqa darslarida ham jismoniy tarbiyaning vazifalarini hal qiladigan jismoniy mashqlar, o’yinlar va raqslardan vosita tarzida foydalaniladi.