Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə44/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

1. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiytadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'limtarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;

  • Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchimetodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);

  • Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiyuslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin