Pedagogika instituti


O‘zbekistonda yoki xorijda chop etiladigan ko‘p tirajli gazetalardan birining obzorini tayyorlang



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə16/58
tarix07.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#78698
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
O’zbekiston respublirasi oliy va

16. O‘zbekistonda yoki xorijda chop etiladigan ko‘p tirajli
gazetalardan birining obzorini tayyorlang.

17. Muammoli topshiriq. Ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlar yordamida quyidagi savollarga javob topishga harakat qiling.
1. Dunyoda yarmarkalar juda ko‘p. Masalan, kitoblar yarmarkasi,
sanoat yarmarkasi, samolyotlar, traktorlar yarmarkalari mavjud. Ammo
Marokashning Atlas tog‘lari etagida har yili kech kuzda uch kungina
bo‘lib o‘tadigan yarmarkada antiqa savdo bo‘lib o‘tadi. Antiqa yarmarka
qay ko‘rinishda va nima bilan savdo qiladi?
2. “Bank” so‘zi italyanchada kursi degan ma’noni bildiradi. O‘sha
kursida o‘tirgan bankir, deylik, bir savdogardan olgan qarzini vaqtida
qaytara olmasa, o‘sha savdogar tomonidan u bankrot deb e’lon qilinadi.
O‘rta asrlarda bankrotlik e’lon qilgan savdogarlar kursida o‘tirgan
bankirga uni bankrot bo‘lganligini qanday ifoda etishgan?
3. Yapon aviakompaniyalari surunkali bir halokat sabab
samolyotlar uchiga kattakon, odamning ko‘zini chizib qo‘ya boshlashdi.
Nima sababdan ular bu usulni qo‘llashga majbur bo‘lishdi?
4. Reklama biznesni harakatlantiruvchi eng katta kuchdir. O‘z
molini hamma xohlagan yo‘l bilan reklama qiladi. Yevropalik Este
Lauder degan parfumeriya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi bir
tadbirkor ayol yangi ishlab chiqargan atirining taqdimot marosimida
mahsulotini antiqa, kutilmagan yo‘l bilan reklama qiladi va hammaga
mahsuloti manzur bo‘ladi. Este Lauder qanday usulda reklama qilgan?
5. Uni 1930-yilda ommaviy ravishda Germaniyada ishlab chiqara
boshlashdi. Dastavval unga atirgul hidi va qizil lavlagi zarur bo‘lgan. U
nima edi?
6. “REEBOK” krossovkalari dunyoga mashhur. Ular antiqa usulda
ishlab chiqarilgan. O‘ng tarafi – Tayvanda, chapdagisi – Tailandda.
Natijada firma zararlarini qisqartirishga erishgan. Bu qanday zarar?
Adabiyotlar:
1.Asilova G.A. O‘zbek tili. Darslik.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashi
qarori bilan oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari rus guruhlari
uchun darslik sifatida tavsiya qilingan
–Toshkent: “Yosh kuch”,
2018, 133-143-betlar.
2.Adilova S., Narimova G., Quvandiqova I., Mirazizov A., Yunusova Sh. O‘zbek tili. (OTM rusiyzabon guruhlari uchun). -T.: TDPU, 2016, 29-33-betlar.
3. Mirqosimova M., Alimova Sh., Zoitova O., Umarova N. O‘zbek tili (texnika universitetining rusiyzabon talabalari uchun). – Toshkent: TDTU, 2004. – 11-15- betlar.
4.https://lebrary.ziyonet.uz/ – Ta’lim portali.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin