11. Matnni o‘qing. Uni o‘zbek tilining taraqqiyoti haqida
bilganlaringiz bilan to‘ldirib sharhlang. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni
1989-yil 21-oktabrda qabul qilindi.
Mustaqillik sharofati bilan Davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona
tilimizning ijtiimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va
istiqboli to‘grisida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul
qilindi. 1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24
moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida asosiy qomusimiz –
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek,
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib
qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning
sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol
doirasini kengaytirib berish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi.
Xususan, har birimiz o‘zbek tilidagi so‘z boyligimizni oshirishimiz
hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat
qilishimiz foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z
bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng
bo‘ladi.
12. Berilgan ta’riflarni o‘z o‘rniga qo‘ying.
Esse
Biror hodisa, fakt haqida xabar va uning muallif talqinidagi tahlili.
Reportaj
Biror shaxs bilan suhbat.
Intervyu
Ijtimoiy ahamiyatga ega hayotiy hodisaning qisqacha tavsifi.
Maqola
Biror qiziq voqea guvohining jonli hikoyasi.
Ocherk
Muayyan masala bo‘yicha shaxsiy taassurotlar va mulohazalarni
aks ettiruvchi uncha katta bo‘lmagan hajmdagi erkin tuzilgan
nasriy matn.