Inklyuziv ta’lim tushunchasi. Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to’siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llpaydi, va yutuqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon yaratadi.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar uchun foydali bo’ladi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi sifatida faoliyat yuritadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati faol amalga oshirilmoqda.