Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə100/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati etmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo‘nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan korrektsion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasi yaratish.
Korrektsion-tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo‘qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan bo‘lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O‘quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning shakllanayotgan shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korrektsion-tarbiyaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o‘zgartirish, uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim o‘qishda va maktabda anomal bolalarga o‘z vaqtida malakali yordam ko‘rsatishni ta’minlovchi differensial ta’lim tizimi bo‘lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o‘qishidagi kamchiliklarni yo‘qotish, etarlicha shakllanmagan malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin