O`quv fаоliyatining nаtijаlаri: Mavzu yuzasidan tushunchalarni umumlashtirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish va mashg’ulotda olgan bilimlarni amaliyotda tatbiq etishni takomillashtirish.
Mavzu yuzasidan savollar: “Metod”, “ta’lim metodi”, “usul”, “qoida” tushunchalari.
Ta’lim metodlarini tasnifli.Ta’lim metodlarini mohiyati.
Ta’lim vositalarini.Dars tavsifi va darsni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablar.
Darsning turlari va tuzilishi.Darsga qo‘yiladigan talablar.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarni “Kungaboqar” texnologiyasini qo’llash orqali yechimini topish.
“Kungaboqar” texnologiyasini qo’llash tartibi:
Talabalar soniga qarab 4 ta guruh shakllantiriladi. Har bir guruh sardorini saylab oladi. Sardor boshchiligida berilgan savollarga kungaboqar tasvirini keltirib javob tayyorlashadi. Javoblar tayyor bo’lgach kungaboqarda keltirilgan ma’lumotlarini ifodalaydi. Guruhlar ketma-ketlikda bajarishadi. O’qituvchi guruh faolligi, ishni bajarish tartibi, savollarni to’g’ri ifodalanishi yuzasidan baholaydi.Faol guruh rag’batlantiriladi. Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: Marker, rangli qalam, rezinka, yelim, magnit, rangli qog’oz, A-3 format qog’oz va shu kabi o’quv jihozlari.
Mustаqil ish tоpshiriqlаri: O‘qituvchining darsga tayyorlanishi.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari.(Talabalar individual tartibda o‘qituvchining darsga tayyorlanishini haqida mustaqil ishlashadi).
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: Ta’lim metodlari va vositalari. Dars - ta’limni tashkil etishning asosiy shakli.
Adabiyotlar: 1. Ҳошимов К., Нишонова С., Иномова М., Ҳасанов Р. Педагогика тарихи. – T.: Ўқитувчи, 1996.
2. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
3. Xasanboev J, To‘rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2008.
4. Niyozov G`., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg`ulotlari. – T.: NOSHIR, 2011.
5. Нишонова С. Комил инсон тарбияси. – Т.: Истиқлол, 2003.
6. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.