Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


-Mavzu: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə4/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

2-Mavzu: PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISHI TO‘G‘RISIDAGI FAN. ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA METODLARI.
Mavzu rejasi:
1.Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
2.Pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
3.Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish


Tayanch so’zlar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.


Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.


Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o’qituvchi va o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi.
Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik


tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi.





Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin