SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Ta’lim metodlari deb nimaga aytiladi?«Ta’lim usuli», «pedagogik texnologiya», «metodika» tushunchalariga izoh bering.
2.Ta’lim metodlari tasnifini izohlang.
3.Ta’lim metodlarining mazmun-mohiyatini bayon eting.
4.Ta’lim vositalari deganda nima tushuniladi?
5.Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?
6-Mavzu: Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. STEAM ta’lim (STEAM Education).
Mavzu rejasi: 1. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari
2STEAM – Science (fan), Technology (texnologiya), Engineering (injeneriya), Mathematics (matematika) o‘qitish: hayot ta’limi (STEAM Learning: Education for life).
3.Transversal va tajribaga asoslangan ta’lim (Transversal and experiential knowledge).
4.STEM shaxs rivojining ijodiy aspekti. Art (san’at) – STEAM kontsepsiyasi: Music (musiqa) – STEMM, Reading (o‘qish san’ati) – STREAM. STEAM ta’lim dasturlari.
5.STEAM texnologiyalarning ahamiyati. Geymifikatsiya: o‘yin orqali o‘rgatish (Gamification: learning through play).
Tayanch tushunchalar:shaxs rivoji, ijodiy aspekti, STEAM ta’lim dasturlari, iqtidorli o‘quvchi, Noosfera modeli, Prezident maktablari, ijod maktablari.
Ta’limni tashkil etish shakllari tushunchasi va ta’lim turlari. Ta’limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratib ko’rsatiladi: in-dividual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular o’quvchilarni qamrab olishi, o’quvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; ma’ruza-seminar. Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli ta’limning individual shakli hisoblanadi. O’qishni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanilib kelingan.