E.N.Sattarovrahbarligida S.N.Jo‘raeva tomonidan talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta’sirining psixologik jihatlari o‘rganildi. Tadqiqotda shaxsning kasbiy faoliyatga mutanosibligini belgilovchi psixologik xususiyatlar tva omillar aniqlandi, talabalarning oliy o‘quv yurtiga kirishida ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlariga sabab bo‘luvchi psixologik omillarning roli aniqlandi, shaxs xususiyatlarining kasbiy faoliyatga mutanosibligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kasbiy motivlar, ustanovkalar va yo‘nalganlikning o‘rni aniqlangan.
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 1. Ilk o‘spirinlik davrida psixologik jarayonlarning shakllanish
xususiyatlari.
2.O‘spirinlikdagi aqliy rivojlanish bilan etakchi faoliyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3.Umumiy va maxsus layoqatlarning rivojlanishi.
4.O‘spirinlik davrida kasb tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
5.O‘smirlik davrining asosiy psixik xususiyatlari.
6.O‘smirlik davridagi etakchi faoliyat turi.
7.O‘quv faoliyatining qayta tuzilishi hamda o‘smirdagi bilish
jarayonlarining rivojlanishi.
8.O‘smirlik davri krizisi, sabablari va namoyon bo‘lishi.
9.«Tarbiyasi qiyin» o‘smir xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlar va
ularga psixologik yondoshuv.
10.O‘smirlik Yoshida individual yondoshuv.
MAVZU. YETUKLIK VA KEKSALIK (GERONTOPSIXOLOGIYA) DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Reja: Yoshlik davri va uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlar.
Etuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
Etuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari.
Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha.
Biologik keksayish.
Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.
Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari.