7. Psixik jarayonlar organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? A) aks ettiruvchanlik B) signalilik V) boshqaruv G) psixikD) aks ettiruvchilik, signallik, boshqaruv
8. Psixik faoliyatning ruhiy jihatdan boshqarilishi reflektor xarakterga ega ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surgan psixolog olim qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) I.P.Pavlov B) I.M.Sechenov V) A.R.Luriya G) M. Teplov D) Neblisin
9. I.P.Pavlovning psixologiya fanidagi yangiligi nimadan iborat? A) oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini B) ikki xil signal tizimi haqidagi talimot
V) shartsiz va shartli reflekslar tajriba asosida o’rganildi G) oliy nerv faoliyati qonuniyatlarini, ikki xil signal tizimi haqidagi talimot D) Barcha javoblar to’g’ri
10. Turli nerv hujayralarining to’plashgan joyi bu…… A) oraliq miya B) neyron V) dendrite G) akson D) sinaps
11. Refleks tushunchasi dastlab fanga kim tomonidan kiritilgan? A) I.M.Sechenov B) I.P.Pavlov V) R.Dekart G) Spinoza D) Anoxin
12. Organizmning tashqi va ichki tasirotlariga markaziy nerv tizimi orqali beradigan javob reaksiyasi ………… deb ataladi? A) instinct B) refleks V) ko’nikma G) malaka D) odat
Tayanch iboralar
Refleks (lot. Reflexus - aks etish) - organizmning markaziy nerv tizimi orqali ichki yoki tashqi muhit omillari ta'sirida reseptorlar qo’zg’alishiga javoban ko’rsatiladigan reaksiyasi.
Reseptor (lot, recipere - qabul qilmoq) - analizatorning qo’zg’alishini qabul qiluvchi ichki qismi.
Shartli refleks (lot. reflexus - aks etish) - reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi, shartli qo’zg’ovchilarga javob berishdan iborat refleks.
Shartsiz refleks (lot. reflixes - aks etish) - psixikaning I.M.Sechenov va I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan reflektor nazariyasining asosiy tushunchasi har qanday ta'sirga instinktiv javob berishdan iborat tug’ma refleks.
Efferent nerv (lot, efferrens - olib chiquvchi, neugon - asab) - nerv impulslarini markaziy nerv tizimidan ish bajaruvchi a'zolarga o’tkazuvchi nerv.