Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo‘lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli ravishda aks etadi. T. jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa shakllarida yuzaga keladi.
Klassifikatsiya - tevarak-atrofdagi olamni o‘rganishda birgina narsa bilan emas, balki ko‘p va xilma narsalar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi, ya’ni narsalarni o‘rganish maqsadida guruhlarga, sinflarga ajratishdir.
Assotsiativpsixologiya - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fani yo‘nalishi bo‘lib, ko‘proq Angliyada tarqalgandir, ya’ni psixik hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib, ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topishdir.
Analiz-tahlil - murakkab ob`ektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki tavsifnoma berishdan iborat fikralsh operatsiyasidir.
Kreativlik – bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford- Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
Aqliy yosh
IQ ------------------------------------------------ x100
Xronologik yosh
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan.
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga tg‘ri keladi.
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi.
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi.
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan