Taajjublanish hissi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarda bunday his ularga qandaydir odatdan tashqari, noma’lum biror narsa ta’sir qilganida tug‘iladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bo‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida o‘tadi. Bu hol samarali bilish faoliyatining doimiy yo‘ldoshidir. «Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz o‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bo‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R.Dekart).
Kutilmagan bir narsa sababli tug‘ilgan taajjublanish kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarni dastlabki qarashda kam uchraydigan va odatdan tashqari bo‘lib ko‘ringan narsalarni diqkat bilan ko‘zdan kechirishga majbur etadi. SHunday qilib, taajjublanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hodisalarni bilishga g‘oyatdarajada rag‘batlantiradi.
Hayron qolish hissi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bo‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bo‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi. Bu his ham kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yo‘llovchi kuchli vositadir.
Ishonch hissi. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
SHubhalanishhissi kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. “Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni engib, o‘z ishida ma’lum muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani echishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima bo‘lganiga, qaerda, qachon va qanday qilib bo‘lganiga juda qiziqadi, Shuningdek uni ”Nima uchun bo‘ldi?” savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan faktlarning o‘zi qiziqtiradi.
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki yozib berishga qo‘rqib, uyalib hijolat tortsa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish kerak, ana shunda u tortinmaydigan bo‘lib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay «so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib ketishi mumkin.
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, balki odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi.