Avtoritar uslubdagio‘qituvchining o‘quvchilari o‘qituvchi sinfda bo‘lmagan vaqtlarda o‘z-o‘zini boshqarish malakasi bo‘lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo bo‘ysunmaydilar. Bu asosan, to‘polonda namoyon bo‘ladi. Bu uslub o‘qituvchining mustahkam irodasini ko‘rsatadi, lekin bu iroda natijasida o‘quvchida "ustozim meni yaxshi ko‘radi" degan fikri emas, balki qo‘rquv hissi mavjud bo‘ladi.
Demokratik uslubo‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatilishiga asos bo‘ladi. Darsdagi intizom majburiy emas, balki muvafaqqiyatga erishish garovi sifatida bolalar ijobiy emotsiyani, o‘ziga ishonch, o‘z muvafaqqiyati, yutuqlaridan quvonishi, do‘stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni birlashtiradi. SHu bilan birga o‘zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg‘otgan holda, o‘zi uchun o‘zi harakat qilishi lozimligini anglatadi, o‘zini-o‘zi boshqarishga, o‘z xatti-harakatini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondoshish hissi o‘qituvchining shu Yoshidagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi.
Liberal uslubkasbiy layoqati yo‘q bo‘lgan o‘qituvchilarga xos bo‘lgan uslubdir. Bunday o‘qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir bola o‘z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o‘zini tutadi. Bola o‘z majburiyatlarini yaxshi his qilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogaka fanlariga mutlaqo zid uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi. SHunday kilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan muomala-munosabatdagi imperativ uslub, asosan, ma’lum bir chegaralarga asoslangan holda bola shaxsi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demokratik uslub o‘qituvchidan muomala-munosabatda juda katta kasbiy mahoratni talab etgan holda, bola shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi. Liberal uslub esa o‘quvchini emotsional zo‘riqtirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali ta’sir ko‘rsatmaydi.