Pedagogika kafedrasi


O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati



Yüklə 3,42 Mb.
səhifə244/330
tarix16.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#181208
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   330
O‘zbekiston respublikasi

O‘quv jamoasining o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati
SHaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim o‘rin egallaydi.Bolalar va kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D.B.Elkonin, M.I.Lisina, Shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi, o‘quv faoliyatini ijodiy egallashda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi mahsuldor hamkorlik muhim o‘rin tutishi isbot qilingan.
V.YA.Lyaudis va uning shogirdlari hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat tarkibini sharhlashga alohida e’tibor beradilar. Uning maqsadi-o‘qishda o‘zlashtiriladigan predmetli faoliyatning hamda birgalikdagi harakat aktlarining, munosabatlari va muloqotning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini qurish hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o‘qish faoliyatining anglangan va umumlashgan usullari va birgalikdagi faoliyatning o‘zaro ta’siri va muloqot normalaridir.
Yirik psixolog B.F.Lomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni tahlil qilish sxemasini ko‘rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi individning boshqa individlar bilan hamkorligi o‘zaro ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif psixologiyada o‘zaro ta’sir faqat ijobiy hollardagina nazarda tutilishi, lekin uning sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi. Uning fikricha, individual faoliyatni tahlil qilgan tadqiqotchilar faoliyat sub’ektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtirganlar. Biroq bu mavhumlashtirish qanchalik muhim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘rganilayotgan hodisalarni bir tomonlama ochish imkoniyati to‘g‘risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko‘rsatilgan.
YUksak g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-biriga mosligi va uyushqoqligi bilan bir butun, nihoyatda hamjihat, sog‘lom hamda muayyan maqsadni ko‘zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash - Yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday Yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta’sirning qudratli qurolidir.
O‘quvchi Yoshlarning asosiy faoliyati - ularning o‘qishi va o‘quv ishlaridir.
Maktablarda o‘qish - o‘quvchilarning o‘qituvchilar tomonidan tashkil qilingan va rahbarlik qilinayotgan ijodiy chinakam jamoa mehnatidir. O‘quv ishlari to‘g‘ri uyushtirilgan taqdirda, har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan topshiriqni bajarish uchun sinfdagi o‘rtoqlari va butun maktab jamoasi oldida ma’suliyatli ekanini his qiladi. Maktablarimizda yuksak darajada o‘zlashtirib o‘qish uchun, ongli intizom uchun kurash olib borish o‘qituvchilarnigina , emas balki o‘quvchilarning ham umumiy vazifasidir.
O‘quv ishlari - jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishda asosiy yo‘ldir. Hamma uchun umumiy ish bo‘lgan o‘qish butun sinf o‘quvchilarini do‘stona jamoa qilib jipslashtiradi. Sifda o‘quvchilar jamoasi tuzilgandan keyin, bu jamoa - o‘quvchilar axloqini tarbiyalashda eng muhim vositalardan bo‘lib qoladi. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoani tarbiyalashda eng muhim vositalardan biridir. O‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar jamoasini tarbiyalaydi, uni izga soladi, mustahkamlaydi, shundan keyin bu jamoaning o‘zi katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. O‘quv ishlarining bir yacheykasi bo‘lgan sinf - o‘quvchilar jamoasining asosiy shaklidir. Jipslashgan jamoa bo‘lib birlashgan, hamjihat sinfda intizom, odatda, yuksak bo‘ladi va o‘quvchilar o‘quv dasturlari mazmunini ham yaxshi o‘zlashtiradilar.
Bunday sinfda o‘zaro yordamlashish doim yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi, jamoatchilik fikri esa o‘qituvchiga yordam berish uchun doim tayyor holda turadi. Shuning uchun yaxshi o‘qituvchi odatda, bolalarni o‘qitishga kirishish bilanoq o‘z sinflarini jipslashgan, hamjihat jamoaga aylantirishga harakat qiladilar. SHu maqsadda ular darslarda o‘quv ishlarining jamoa shakllarini keng qo‘llaydilar, o‘qishda orqada qolgan o‘quvchilarga o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam uyushtiradilar, intizomni buzuvchilarga qarshi butun sinf o‘quvchilari jamoatchilik fikrini jalb qiladilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham o‘quvchilarni jipslashtirish, jamoani tashkil qilishda muhim vositalardandir. Bu ishlar o‘quvchilarning fan, san’at, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan, ayniqsa milliy kurash, ya’ni o‘zbek kurashini tashkil qilishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.Maktab va maktabdan tashqarida tashkil qilingan ilmiy to‘garak va jamiyat, ansambl va studiyalar, sport komanda va seksiyalar - bolalar jamoasini uyushtirish shakllaridandir.
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarda qiladigan ishlari, ilmiy izlanishlari ularni jipslashtiradi, hamjihat jamoaga birlashtiradi. O‘quvchilarning jipslashuvi jamoani mustahkamlaydi va ularning obro‘yini oshiradi. Bundan jamoaning tarbiyaviy ta’siri ham kuchli bo‘ladi.
Bolalarni, Yoshlarni jamoa uchun, jamoa orqali tarbiyalash shaxs shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. CHunki Yoshlar faqat jamoada va jamoa ta’siri ostida o‘zaro munosabatlar asosida haqiqiy komil inson bo‘lib shakllanadi. Jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatadi, ulardan muayyan xulq-atvorni talab qiladi. Jamoaning sog‘lom va obro‘li jamoatchilik fikri kuchi nihoyatda kattadir. Jamoaning ma’qullash yoki qoralashi, jamoaning sog‘lom tanqidi, o‘z a’zolari oldiga qo‘yadigan ta’sirli va jiddiy talablari shaxsni tarkib toptiruvchi, nazorat qiluvchi va tuzatuvchi muhim omildir. Hammaga ma’lumki, axloq qoidalari va normalarini buzuvchi o‘quvchiga ko‘pgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri o‘tmaydi. YOki aksincha, aybdor o‘quvchi uning xatti-harakatlariga xayrixohlik bildiribgina qolmasdan, balki bir ovozdan va chinakam qoralagan, etarlicha zarba bergan ahil jamoaning siquviga qarshi tura olmaydi. Natijada jamoa talablarining taraqqiy etishi jipslashgan, axloqiy jihatdan o‘sgan jamoa bilan birga muayyan evolyusiyani, dinamikani boshidan kechiradi.
Sog‘lom ijtimoiy fikrga, o‘z a’zolariga nisbatan rivoj topgan tanqid va talabchanlikka ega bo‘lgan, inoq, g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan jamoa o‘z a’zolariga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘ladi hamda ularga to‘g‘ri yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Ammo buning o‘zi kamlik qiladi. Ana shundan bunday jamoada ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini qo‘llay olishi, individual yondoshishi, nazorat usulini qo‘llash hislatlarini tarkib topshirishdan iborat vazifa bordir.
Jamoada va jamoa uchun tarbiyalash, tarafdori bo‘lgan V.A.Suxomlinskiy ham bolalar jamoasida bolalar xatti-harakatini muhokama qilishdan qochish zarur, chunki bundan ayrim hollarda bola psixikasini shikastlanishi, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin deb hisoblaydi. Darhaqiqat, jamoa inoqlik bilan kerakli yo‘nalishda ish tutib, ta’sir ko‘rsatishning o‘zini oqlamagan shakllarini (burchakka turg‘izib qo‘yish, urish, qulog‘ini cho‘zish) qo‘llashga harakat qilgan ayrim hollarda ham bo‘ladi. Barcha hollarda o‘qituvchining jamoa ishiga aralashishi va uni kuzatish xuquqi saqlanib qoladi, shunday bo‘lsa ham, jamoa ta’sir ko‘rsatishning to‘g‘ri shakllarini tanlay olishiga erishish kerak.
Jamoa orqali Yoshlarni tarbiyalashda bola, o‘smir va o‘spirin o‘zini ko‘zguda ko‘rgandek his qilishi muhimdir. CHunki Yoshlar haqiqiy jamoadagina o‘zini-o‘zi anglaydi, kamchilik va yutuqlari, salbiy va ijobiy sifatlarini farqlaydi, jamoadagi ideal kishilardan o‘rnak oladi, ularga o‘xshashlikka harakat qiladi, o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkoniga ega bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalash esa insonning axloqiy sifatidir. Unda Yoshlar o‘zini-o‘zi qo‘lga oladi, salbiy sifatlaridan holi bo‘lishga, yaxshi sifatlarni o‘zida shakllantirishga harakat qiladi. Bu esa jamoaning shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir etishidir.
Yoshlarni shaxs sifatida shakllanishida Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar katta rol o‘ynaydi. CHunki Yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan, ayniqsa maktablarda uyushtirilgan tadbirlar - jipslashgan bolalar jamoasini tashkil etishda muhim vositalardan biridir. O‘quvchilarni jamoa qilib jipslashtirish uchun dastavval umumiy maqsad bo‘lishi kerak, hammaning manfaatiga to‘g‘ri keladigan, butun sinf uchun umumiy ish bo‘lishi maqsadga muvofik. Keyin jamoa orasida ishlarni aniq taqsim qilish va uni bajarilishini muntazam ravishda tekshirish lozim. Bunda hamma bir kishi ekanligi sezilib turishi lozim. Bu maktab jamoatchilik topshirig‘ini yaxshi bajargan sinf, maktab sharafi (hozirgi kunda bunday tadbirlar mahallalarda ham o‘tkazilishi maqsadga muvofiq), sinf uchun, maktab va mahalla uchun faxrlanish nimaligini tushunib olish imkonini beradi. Maktablarda, mahallalarda, kechalar, ertaliklar, ekskursiyalar, bayramlarni birgalashib o‘tkazish Yoshlar jamoasini tuzishga va uni mustahkamlashga yordam beradi.
Maktabdagi Yoshlarni hamjihat jamoa qilib uyushtirishda maktab devoriy gazetasi katta rol o‘ynaydi. CHunki gazetalarda Yoshlarning (markaziy, shahar, tuman Yoshlar gazetasi ham), darslarni o‘zlashtirish, Yoshlarning o‘zaro va kattalar bilan munosabati, mehnatga munosabati, yutuq va kamchiliklarini yoritishi ularni o‘zini anglash, o‘ziga o‘zi baho berish kabi sifatlarni shakllantiradi. Har bir Yoshning g‘oyaviy-siyosiy saviyasi, bilimlarni yaxshi o‘zlashtirishi, ongli intizomli, jamoatchilik ongining tashkil topishi, jamoat uchun foydali malakalar hosil qilish va umumiy rivojlanish kabilar muvaffaqiyat bilan hal etiladi. Agar Yoshlar uchun chop etiladigan gazetalar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, u Yoshlar jamoasini tuzishining muhim vositasiga aylanadi.
Maktabda maktab jamoasini uyushtirish, Yoshlar kamolot jamg‘armasida bo‘lib turadigan yig‘ilishlar ham shaxs shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Yig‘ilishlar Yoshlarning fuqarolik burchini anglash hissini o‘stiradi, ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqidga o‘rgatadi. Yoshlar yig‘ilishlarida eng dolzarb va eng qiziqarli masalalar bo‘yicha bahslashish ularda hayotiy e’tiqod va dunyoqarashning barqaror shakllanishiga ta’sir qiladi va muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan umumiy bir fikrga kelish, fakt va mulohazalarni tahlil qilish va undan tegishli xulosalar chiqarishga imkon tug‘iladi.
Yoshlarni jipslashgan jamoa qilib birlashtirishning muhim vositalaridan biri Yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishdir. Birgalashib mehnat qilish jarayonida Yoshlarda axloqiy jihatdan muhim bo‘lgan ko‘pgina fazilatlar hosil bo‘ladi. Yoshlar jamoa bo‘lib mehnat qilishlari natijasida jamoaning qanday kuchga ega ekanligini tushunadilar, qiyinchiliklarni engishga va boshlagan ishni oxirigacha etkazishga o‘rganadilar. Ijtimoiy ishlar Yoshlarning mas’uliyat hislarini kuchaytiradi, jamoatchilik tuyg‘ularini mustahkamlaydi, ularni jamoada o‘zaro munosabatlarga o‘rgatadi.
Yoshlarning umumiy bir maqsadga intilishlari, g‘oyaviyligi, ijtimoiy-siyosiy faolliklari, O‘zbekistonning Mustaqilligiga qo‘shgan hissalari, orzulari - ular jamoasini tashkil topishi va unda komil inson shaklida shakllanishi Yoshlar jamoasini tuzishga asos bo‘ladi.
Yoshlarni hamjihat jamoa qilib jipslashtirishda avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz meros qilib qoldirgan bilimlarni egallash, san’atimizning, madaniyatimizning sirlarini o‘rganish, o‘zbek xalqining ajoyib an’analaridan foydalanish hamda ularni Yoshlar ongiga singdirish katta ahamiyatga egadir.
O‘zbek xalqining eng yaxshi an’analari kattalarni hurmat-izzat qilish, mexmondo‘stlik, uvol va undan qo‘rqish, o‘zaro hamkorlik , hashar yo‘li bilan bitmagan ishlarni jamoa bo‘lib bitirish, kattalar bilan salomlashib o‘tish, qariyalarga yordam berish, yo‘l berish, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘rashish, to‘y va marosimlarda yordamlashish kabi ko‘plab ishlarga xayrixohlik bildirishni va ularni Yoshlar ongiga singdirish - bu kundalik hayotimiz jarayonida, Yoshlar bilan o‘zaro munosabatlar, ro‘znoma va oynomalar sahifalarida, oynan jahon eshittirishlarida doimo olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, maktab va oliy o‘quv yurtlarini oltin, kumush va imtiyozli diplom bilan bitirganlarni ota-onalar va o‘quvchilar, talabalar orasida tantanali ravishda topshirish kechalarini uyushtirish kabilar ham Yoshlarda faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi, ularni yaxshilikka intilib yashashga o‘rgatadi, o‘z xulq-atvori to‘g‘risida hushyor bo‘lib yashash ehtiyojini paydo qiladi, jamoa uchun javobgarlikka va o‘rtoqlarga o‘zaro munosabatga odatlantiradi.



Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin