Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə11/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

2.4. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish
Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiharish jarayonining keskin rivojlanishi shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon etkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog‘liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarilarni aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayondlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomilashtirib borishini ta’minlashi, sharama-sharshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e’tirof etadi.
Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo‘lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:
  1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;


  2. ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi;


  3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;


  4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan ob’ektiv yondashuv;


  5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;


  6. tadqiqot natijalarini oldindan tashhislash va uning natijalarini aytib o‘tish;


  7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.


Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib boriShda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:


  1. Pedagogik kuzatish metodi.


  2. Suhbat metodi.


  3. Anketa metodi.


  4. Intervyu metodi.


  5. Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.


  6. Test metodi.


  7. Pedagogik tahlil metodi.


  8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.


  9. Pedagogik tajriba metodi.


  10. Matematik-statistik metod.





Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin