Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Yangi usul maktablarining ochilishi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə159/218
tarix16.12.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#181884
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   218
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

26.8. Yangi usul maktablarining ochilishi
XIX asrning o‘rtalarida Turkistonda boshlang‘ich ma’lumot bera­digan maktablar hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madra­salar mavjud edi. Maktablarning aksariyati diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bu maktablar arab tilida Qur’oni o‘qishni o‘rgatish va har bir musul­mon uchun zarur bo‘lgan vazifalarni o‘rgatar edi. Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari umumiy ta’lim elementlari - yozish va hisoblash o‘rgatilar edi, mashhur Shoirlarning She’r va g‘azallari ham o‘qitilar edi. Bunday maktab o‘quvchilar ba­davlat oilalar farzandlari bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab sav­do-sotiq, hunarmandchilik bilan Shug‘ullanar edilar, ba’zilari qo‘Shimcha ta’lim olib xattotlik bilan Shug‘ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo‘lgan madra­salarda o‘rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilgan. Madrasani tomonlaganlar imomlik qilish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lganlar. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors tojik tilla­rida olib borilar edi.
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin mak­tab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktabla­rida bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo‘ldi. Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilaetgan musulmon maktablari ishiga aralashmas edilar. Ammo rus tilini o‘qitishni rag‘batlantirish choralarini ko‘rar edilar. XX asr boshlarida madrasalarda rus tilini o‘qitilishi joriy qilinsin, de­gan ko‘rsatma berilgan.
XX asr boshlarida Turkistonda madrasalar: Buxoroda- 80, Qo‘qonda-40, Samarqandda-22, Marg‘ilonda - 28, toshkentda - 17, Xiva xonligida -130 ta mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 500 tagacha talaba­lar tahsil olar edi.
Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib ularda 70955 talaba ta’lim olgan. 1860 yilda Markaziy Osiening ko‘pgina qismi Russiya tomonidan bosib olindi. 1965 yildan toshkent Turkiston general-gubernatorligiga qarashli erlarning markazi bo‘lib qoldi.
O‘rta asr musulmon maktablarining isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o‘rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkis­tonda maorif sohasida o‘z siesatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Dastlabki rus maktabi toshkentda 1866 yilda ochilgan). Rus maktabiga ruslar bilan birga o‘qish uchun mahaliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. O‘quvchilarning 1-4 qismini mahaliy aholi bola­lari tashkil etar edi (jami 200ta) Bularning ko‘pchiligi ozod bola­lari bo‘lib, o‘zbek va tojik bolalari nihoyatda kam edi. Rus maktab­larida boylar va oq suyaklarning bolalarigina o‘qir edi. 1884 yil­da 19 dekabrdan sinab ko‘rish uchun birinchi rus tuzem maktabi mahaliy bolalarni o‘qitish uchun ochildi. 10 yildan so‘ng butunlay maktab­lar soni 4 taga ko‘paydi. 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga etdi. Ularni 1830 ta o‘g‘il 104 ta qiz bolalar o‘qirdilar.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan toshkent, Qo‘qon Shaharlarda hunar-texnika bilim yurtlari ochildib yangi tipdagi bilim yurtlari paydo bo‘ldi.
Yangi usul maktabi quyidagilarga asoslangan:
- sinfda bolalar soni 30 dan oshmasligi;
- bolalar yoz va qishda 2 marta maktabga qabul qilishi (bir yilda ikki marta);
- har bir qabul 1-sinfdan oshmasligi;
- har bir muallimda ko‘pi bilan 3-4 sinf bo‘lish;
- darslar ketma-ket tartibda bo‘lishi;
- 7-9 yoshdagi bolalar 7-8 soat o‘qisholmaydi, ularning o‘qishi uchun 5 soat kifoya.
- juma va bayram kunlari dam olish.
- o‘qishdan so‘ng yozgi issiq kunlarida ta’til bo‘lishi;
- dars zeriktirmasligi;
- Shogirdni urish va so‘kish befoyda ekanligi;
- o‘qish qoidalarini rioya etish.
Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Naman­gan, Qo‘qon, toshkent kabi o‘nlab Shaharlardagi zielilar guruhi jadidchilik harakatiga bosh-qosh bo‘ldilar. Jumlandan: Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), ishoqxon Ibrat (1862-1937), Sidiqiy Aziziy (1864-1924), Saidrasul Aziziy (1864-1933), Muhammad sharif So‘fizoda (1869-1937), Mahmudxo‘ja Bexbudiy (1874-1919), Abdulqodir shakuriy (1875-1943), Abdulla Avloniy (1878-1934), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Munavvar Qori abdurashidov (1878-1931), Ismatilla Raxmatullaev (1883-1962), Abdurauf Fitrat (1884-1939), H.H. Nieziy (1889-1929) va boshqa o‘nlab ziyolilarni fahr bilan tilga olishimiz mumkin.
Jadidchilik jamiyati to‘ntarish yo‘li bilan emas, islohatlar yo‘li bilan rivojlantirish tarafdori edi. Bu davrda Eronda (1907), Turkiyada (1908) burchida davlat to‘ntarish ro‘y bergan edi. Bo‘lar O‘rta Osiyda jadidchilik harakatini rasmiy tusda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Jadidchilar barcha ijtimoiy-siesiy kuchlar bilan ittifoq tuzib xalq va kelajak manfaati yo‘lida islohot tarafdorla­ri edilar. Bexbudiy mana Shunday ittifoq tuzish g‘oyasi bilan chiqdi. U "Ulomo eki zieliy va taraqqiyparvarlarimiz, boy va avomimiz bir­lashib, din va millat va vatanning rivoji uchun xizmat etishadi" deb ezgan. 1906 yilda "Taraqqiy"deb nomlangan jadidi gazetasi chi­qa boshladi. Oradan ko‘p utmay "xurshid", "shuxrat" singari gazeta chiqaruvchilar.
Jadidchilik harakati dasturi quyidagi masalalarni hal qilish­ga qaratilgan:
1. Diniy taassuf va fanatizmga qarshi kurash.
2. Feodal davri maorifini isloh qilish
3. Jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib qilish, yangi o‘zbek adabiy ti­lini ishlab chiqish, o‘zbek xalqiga tushinarli adabiet va teatr yara­tish.
4. Xotin-qizlarni paranjidan chiqish va maktabda o‘qitilishi. Ular taqdirini o‘zgartirish, oilada islohat o‘tkazish.
5. Mahalliy boylar va sovdogarlari siesiy, iqtisodiy jihat­dan rus burjuaziya bilan teng huquqli bo‘lish, mustamlakachilik sie­satini isloh qilish.
Birinchi marta jadidchilik Qirimda paydo bo‘ldi. Uning ijodkori XX asr boshida Islombek Gasperali edi. Sharq xalqlari manaviy haetida, maktab maorifida inqilob yasagan "usuli jadid" nomini ol­gan "Usuli savtiya"ni u boshlab bergan. U barcha turkiy xalqlari yax­lit, yagona millat deb bildi. Ularning ham ilm-marifatda, haq-huquqda dunening taraqqiy etgan millatlari bilan teng ko‘rmoqni or­zu qildi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin